F. R. Xolboyev, D. A. Azimov, E. Sh. Shernazarov z o o g e o g r a f I y a



Yüklə 5,13 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/92
tarix26.11.2023
ölçüsü5,13 Mb.
#136439
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   92
Zoogeografiya. Xolboyev F. Azimov D

Tropik mintaqa.
Tropik mintaqaning asosiy tipik biotoplari gile- 
ya yoki nam tropik o‘rmonlardir. Bu biotoplaming o'simliklar dun­
yosining tur soni juda ko‘p bo‘lib, vegetatsiyasi yil bo‘yi davom 
etadi. Gileyalar boshqa yashash muhitlaridan o‘zining ekologik joy 
lari (nishalari), hayvonlar uchun qulay boshpanalari, hayvonlaming 
hayotiy shakllari va xilma-xilligi buyicha ustun turadi. Nam tropik 
o‘rmonlarda termofil va gigrofil hayvon turlari keng tarqalgan. Havoda 
suv bug‘lari miqdorining doimo yuqori darajada bo‘lishi, odatda, suv 
da yashaydigan ayrim turlaming quruqlik yuzasida yashashiga imkon 
beradi (planariya, zuluklar, daraxt baqasi). Daraxt va butalaming zich 
bo‘lishi va yuqori pog‘onalarida oziqaning mavjudligi ko‘pgina tur- 
laming daraxtlarda yashashga moslanishiga olib kelgan. Ko‘pchilik 
fitofag turlar daraxtlaming barglari va mevalari bilan oziqlanadi. 
Tropik mintaqada umurtqasizlar biomassasi bo‘yicha birinchi o‘rinni 
egallaydi (P.P. Vtorov, N.N.Drozdov, 1974). Bu o‘rinda ayniqsa, ter­
mitlar alohida ahamiyatga ega bo‘lib, Afrika gileyalarida ulaming 
500 turi uchraydi. Suvaraklar, yirik qo‘ng‘izlar (goliaf, gerkules, 
titan) kabi turlar ham mazkur hudud tabiatiga xos turlardir. Tropik 
o‘rmonlarda shamol bo‘lmasligi sababli, o‘simliklaming changlani- 
shi asosan asalarilar, kapalaklar, chivinlar, qushlar va qo‘lqanotlilar 
ishtirokida yuz beradi. Yirik yirtqichlar kam, Afrika va Osiyoda leo­
pard, Janubiy Amerikada yaguarlar uchraydi.
Tropik o‘rmonlar va cho‘llar oralig‘ini savannalar egallaydi. Sa 
vannalaming faunasi tarkibida turlar soni ko‘p va u yerdagi o‘simliklar 
formatsiyasi issiq iqlim sharoitida shakllangan. Savannalar asosan 
Afrika uchun xos bo‘lib, ular Hindiston yarim orolida va Janubiy
22


Amerikada ham uchraydi. Bu yerda yashovchi hayvonlar issiqsevar 
va mavsumiy qurg‘oqchilikka moslashgan bo‘lib, ularda yozgi uyqu 
ga ketish kuzatiladi. 0 ‘simliklar mahsuldorligining yuqoriligi tuyoqli 
hayvonlar yashashi uchun qulay sharoit yaratadi. Jumladan, antilo 
palar, zebra va jirafaning juda yirik podalari yer yuzida faqat Afrika 
savannalaridagina uchraydi. Savannada yirtqich sutemizuvchilardan 
sherlar, leopardlar, yowoyi mushuklar, viveralar, sirtlonlar va chiya 
bo'rilar, “yugurib” hayot kechiruvchi hayvonlar guruhiga mansub 
bo‘lgan qush turlaridan strauslar, kotiba qush, marabu, tuvaloq va 
bulduruqlar uchraydi. Uya qazib yashovchi turlar asosan sichqonlar 
va olmaxonlar oilasiga mansubdir. Savannada uchrovchi termitlar 
o‘simlik va hayvon qoldiqlarini parchalashda muhim o‘rin tutadi. 
Mazkur hududda juda ko‘p ilonlar hamda qurg‘oqchilik davrida uy 
quga ketuvchi kam sonli amfibiyalar ham tarqalgan.
Tropik va mo‘tadil mintaqa chegarasida qit’alaming 23% may- 
donini tashkil etuvchi cho‘llar shakllangan. Namlikning yetarli dara- 
jada bo'lmasligi - cho‘llar uchun xos bo‘lgan asosiy xususiyat bo‘lib, 
uning yillik miqdori 100-200 mm dan oshmaydi. 0 ‘rta Osiyo va 
Qozog‘iston cho‘llarida namlik 55-180 mm atrofida tebranadi. 
Namlikning yetishmasligi biologik xilma-xillikning kam bo‘lishiga, 
o‘simlik qoplamlarining siyrakligiga va hayvonlaming yashashi 
uchun noqulay sharoitlar shakllanishiga sabab bo‘ladi. Shunday 
bo‘lishiga qaramasdan, hayvonlardagi turli moslanishlar ulaming 
cho‘l sharoitida yashashini ta’minlay olgan.
- Cho‘l faunasi tarkibida turlar soni boshqa biotsenozlarga qara 
ganda ancha kam bo‘ladi va undagi hayvonlaming aksariyati kserofil 
hamda evriterm bo‘lib, haroratga nisbatan turlicha moslanishlar hosil 
qilgan (yozgi uyqu, suvni tejab sarflash, metabolitik suv hosil qilish 
va boshqa ekologik va etologik moslanishlar). Yirtqichlar soni kam 
va odatda, ular nisbatan mayda bo‘lgan fenek, qorsoq, barxan mushu 
gi, manul va bo‘ri kabi turlardan tashkil topadi.
Substratning xususiyatlariga ko‘ra, cho‘llaming o‘zi ham qumli, 
toshloq, gilli, sho‘rxok va boshqa turlarga bo‘linadi. 0 ‘zbekiston
23


hududidagi biotoplar orasida cho‘liar eng ko‘p maydonni egallagan- 
ligini inobatga olgan holda, cho‘l mintaqasining ekologik tavsifi va 
funasi haqida navbatdagi bobda batafsil to‘xtalishni lozim topdik.
Mo ‘tadil mintaqa.
Mazkur mintaqada yil davomida issiq va sovuq 
mavsumlar davriy ravishda almashinib turadi. Mo‘tadil mintaqada 
bir tomondan cho‘l va ikkinchi tomondan o‘rmon biotoplari chega 
rasida dashtlar shakllanadi. Dashtlar Shimoliy Amerikada preriya, 
Janubiy Amerikada esa pampas deb yuritiladi. Dashtlaming iqlimi 
mo‘tadil bo‘lib, hayvonot dunyosi tarkibida fitofaglar ko‘pchilikni 
tashkil etadi (yumronqoziqlar, sug‘urlar, dala sichqonlari, sayg‘oqlar 
va boshq.). Kemiruvchilarning xilma-xilligi va zichligining yuqoriligi 
yirtqichlaming oziqlanishi uchun qulaylik yaratadi. Yirtqich turlardan 
tulki, bo‘ri, burgutlar, bo‘ktargilar va mayda lochinlar asosan kemiruv- 
chilar bilan oziqlanadi. Yuqori zichlikka ega bo‘lgan hasharotlardan 
chumolilar, bargxo‘r qo‘ng‘izlar va chigirtkalar dasht mintaqasida 
keng tarqalgan. Dasht mintaqasi ayni paytda inson tomonidan deyarli 
to‘liq o‘zlashtirilgan bo‘lib, bu holat mazkur hududning hayvonot 
dunyosiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan.
Dashtlaming janubida chala cho‘llar, shimolida esa o‘rmondasht 
biotoplari shakllangan bo‘lib, bular oraliq xarakterdagi biotoplardir. 
Dashtlarga nisbatan o‘rmondashtlar faunasining tur soni ancha ko‘p 
bo‘ladi.
0 ‘rmonlar mo‘tadil mintaqaning yillik yog‘in miqdori 300 mm 
dan oshadigan oblastlarida shakllangan. Ushbu mintaqada 3 ta asosiy 
o‘rmon tiplari, ya’ni subtropik doimiy yashil o‘rmonlar, keng bargli 
o‘rmonlar va nina bargli o‘rmonlar farq qilinadi.
Subtropik doimiy yashil o‘rmonlar quruq yoki nam bo‘lishi mum 
kin. Mazkur o‘rmonlarda hasharotlar, amfibiyalar, asosan kaltakesak- 
lardan iborat reptiliyalar, dehqonchumchuqlar, moyqutlar, qarqunoq- 
lar, tasqaralar, yowoyi quyon, muflon va boshqalar uchraydi. Nam 
o‘rmonlar faunasi tarkibida esa turlar soni nisbatan kam bo‘ladi.
Keng bargli o‘rmonlar mo‘tadil haroratli, o‘rtacha yillik yog‘in 
miqdori 500 mm ni tashkil etadigan oblastlarda shakllangan bo‘lib,
24


ulardagi yumshoq iqlim va о‘simliklar dunyosining xilma-xilligi 
hayvonlaming yashashi uchun qulay muhitning shakllanishiga olib 
kelgan. Bu kabi o‘rmonlarda faunaning tarkibi va ekologik qiyofasi 
o‘xshash bo‘lib, qish mavsumining sovuq bo‘lishi ayrim turlaming 
migratsiya qilishiga yoki uyquga ketishiga sabab bo‘ladi. Fauna tarki 
bidabug‘u, yovvoyi echki, sema, yovvoyi cho‘chqa, olmaxonlar, bul 
bullar, zarg‘aldoqlar, shaq-shaqlar va boshqalar uchraydi.
Nina bargli o‘rmonlar (tayga) o‘rmonlar orasidagi eng yirik tip 
sanaladi. Iqlimi sovuq, o‘rtacha yillik harorat +5-0°C. 0 ‘simlik va 
hayvonot dunyosining tarkibida turlar soni kam bo‘lib, tipik hayvon 
turlariga karqur, yapaloqqushlar, kedrovka, qaychi tumshuq, qora 
qizilishton, suvsar, o‘rmon lemmingi, qizil dala sichqoni, bumnduq, 
ayiq, bug‘u, olmaxon va boshqalami misol qilish mumkin. Tayganing 
shimoliy qismida o‘rmon tundra va butazorli tundra joylashgan.
Qutb mintaqasi.
Shimoliy Muz okeanining qirg‘oqlari va uning 
orollari qutb mintaqasiga yoki tipik tundraga tegishli. Tundra Shi 
moliy Amerika va Yevrosiyoning butun shimolini egallaydi.
Tundra faunasi tarkibida turlar soni kam va bu holat iqlimiy omil­
lar bilan bog‘liq. Bu yerda umurtqasizlar faunasi zoomassaning 90% 
ini tashkil etadi va ular orasida tuban hasharotlar, pashshalar, kanalar 
va nematodalar keng tarqalgan. Yozda tundra faunasining tur soni 
ko‘p sonda uchrovchi g‘ozlar, o‘rdaklar, oqqushlar, balchiqchilar kabi 
qush turlari hisobiga ancha ko‘payadi. AsQsiy oziqa manbai qushlar 
va lemminglardan iborat bo‘lgan oq yapaloqqushlar hamda lochinlar 
yirtqichlik bilan hayot kechiradi.
Yer yuzasining qumqlik qismida yuqorida qayd etilgan mintaqa- 
lardan tashqari yana bir nechta mintaqalar (Antarktika quruqliklari, 
baland tog‘lar, g‘orlar va boshqalar) mavjud. Ulaming faunasi ham 
yashash muhitiga mos holda shakllangan.
25



Yüklə 5,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin