63
VII BOB. BANK BINOLARI VA KOMPLEKSLARI
7.1. Bank binolari shakllanishining tarixiy shart-sharoitlari
Bank binolarining tipologik shakllanishi bank ishi rivolanishidagi asrlar
davomida ro„y bergan tarixiy o„zgarishlarga to„g„ridan-to„g„ri bog„liqdir.
Ma‟lumki, banklar paydo bo„lishiga qadimdan mavjud bo„lib kelgan pul-tovar
munosabatlar sabab bo„lgan. Antik va feodal davrlarda bank – to„lovlarni amalga
oshirishda vositachi, pulni
almashtirish, ya‟ni sarroflik funksiyalarini bajargan.
U davrning tipologik banki – sarrof rastasi yoki do„koni (ital.
Banko
– do„kon,
rasta). Bobil va Yunonistonda bank operatsiyalari bilan kohinlar korporatsiyasi
shug„ullangan, pul saqlashning eng ishonchli joyi sifatida ibodatxonalardan
foydalanilgan, ya‟ni bank funksiyalarini ibodatxonalar bajargan. Ma‟lumki,
Delfadagi Appolon, Efesdagi
Artemida ibodatxonalarida, shuningdek Afinadagi
bir nechta yirik ibodatxonalarida omonat qabul qilish va qarz berish ishlari
yuritilgan.
Shunday qilib, bank binosi boshqa funksional vazifalar uchun
mo„ljallangan jamoat binolari asosida shakllangan va bank qurilishidagi
arxitekturaga ularning ta‟siri kuchli bo„lgan.
Qadimgi bank ishi Rim imperiyasi emirilishidan keyin batamom tugatilgan,
lekin, ta‟kidlash zarurki, aynan Rim imperiyasi davrida bu faoliyat o„zining eng
yuksak cho„qqisiga ko„tarilgan edi. O„rta asrlarda
bank ishining ijtimoiy
o„zgarishlarga bo„lgan reaksiyasi kuchayib borishini kuzatish mumkin edi. Bu
kabi munosabatlar yillar o„tib yanada rivojlandi va hozirgi kunlarga qadar
saqlanib kelmoqda. Har bir asrlar almashinuvi, har bir o„zgarishlar
davri
banklarga bo„lgan ehtiyojni avvaliga keskin oshirib yuborgan, keyin esa kuchli
pasayish ro„y bergan. O„rta asrlarda bank ishi yana rivojalana boshladi, banklarga
bo„lgan ehtiyoj yana kuchayib ketdi. Nafaqat xususiy banklar ko„paydi,
balki
shahar ma‟muriyati nazorati ostida faoliyat ko„rsatadigan banklar ham paydo
bo„la boshladi. Bu banklar kapitalizm davrida aksionerlik korxonalar shaklidagi
bankirlik firmalariga aylandi.
Bu davrda bank binosi ma‟muriy binolarga bo„lgan tipologik talablarga
javob beruvchi binolarga aylandi. Aynan o„sha davrda bank pul mablag„larini
saqlash,
kredit berish, pul bilan bog„liq hisob-kitoblarni amalga oshirish,
veksellar hisobini yuritish, pul va qimmatli qog„ozlar emissiyasi, oltin va xorijiy
valyuta bilan bog„liq operatsiyalar kabi funksiyalar bilan shug„ullanuvchi
muassasa sifatida to„liq shakllandi. Nihoyat, aniq funksional vazifaga ega bo„lgan
yangi turdagi jamoat binosiga – bank binosiga bo„lgan ehtiyoj paydo bo„ldi.
Universal turdagi tijorat banki esa, o„sha davrda Yevropadagi banklarning asosiy
turi sifatida e‟tirof etilgan.