3- ma`ruza Spotchilarda shifokor (tibbiy) pedagogik nazorat o`tqazish mazmuni va metodlari. O`quvchi yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan shugullanishida shifokor nazorati



Yüklə 311,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/16
tarix02.12.2023
ölçüsü311,23 Kb.
#137564
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
3-маруза с

Sub`yеktiv nаzоrаtda
sportchi o`zining kundаlik daftariga quyidagilаrni qayd etаdi:
- har kuni trеnirоvkаdаn оldin vа kеyin o’zini qanday sеzishi, kаyfiyati, uyqusining 
tinch yoki nоtinchligi, ishtаhаsi, trеnirоvkа bаjаrishgа xоhishi, tаnаsining birоr sоhаsidа
og’riq sеzishi yoki sеzmаsligi kаbilаr.
Spоrtchining o’z-o’zini 
ob`yеktiv nаzоrаtidа
trеnirоvkаdаn оldin vа kеyin tоmir 
urishi sоni, nаfаs оlish sоni, o’pka tiriklik sig’imi, qo’l vа bеl muskullаrining kuchi, iloji 
bo`lsa, maksimal va minimal arterial qon bosimi kаbi ko`rsatgichlаrni aniqlаb 
kundаligigа yozаdi.
Ushbu ko`rsatgichlаrning me’yoridan kam yoki ko’p bo’lishigа qarab,
trеnirоvkаsini rejalshtiradi, treneri bilan mаslаhаtlаshаdi, zaruriyat tug`ulsa, sport 
shifokori bilan mаslаhаtlаshаdi.
Tibbiyotda qollaniladigan faol sinamalar, ikkita katta gumhga ajratiladi: 
1) tananing ayrim tizimlarining faol holatlarini tekshirish maqsadidagi (masalan, nerv 
tizimi); 


 2) umuman tananing qo‘zg‘atuvchi ta’sirga faoliyatini baholaydigan sinamalar 
Nerv tizimi 
Sport va jismoniy tarbiya bilan muntazam ravishda shug‘ullanish, nerv tizimining faol 
holatini va nerv-mushak apparatini takomillashtiradi va oqibatda sportchi uchun 
murakkab harakatlar ko‘nikmalarini o‘zlashtirish, tezlikni rivoj toptirish, harakatlaming 
muvofiqligi va h.k. larni o‘zlashtirish imkoni vujudga keladi. Ushbu tizimlar holatining 
izdan chiqishi, toliqish va zo‘riqish paydo bolganligini tasdiqlaydi. 
Sportchilarda nerv, ayniqsa markaziy nerv tizimining faoliy hola tining tashxisi qator 
hollarda maxsus asboblar yordamida tekshirishning cheklanganligi boisidan, jiddiy 
qiyinchiliklar tug‘diradi.Nerv jarayonining mutanosibligi, kayfiyatning turg‘un 
chidamliligi, oila, dostlarga nisbatan o`zini tuta bilishi, mashqlar va munosabatlardagi 
xulq-atvori bilan ifodalanadi. Nerv jarayonlarining harakatchanligi, bir faoliyatdan, 
ikkinchisiga o`tganda, oc`garadigan sharoitlarga moslashuv, yangi texnik va taktik 
usullar-ko`cnikmalami o`zlashtirish va uyquga ketish tezligi hamda uyquning chuqurligi 
bilan belgilanadi. 
Markaziy nerv tizimining faol holatini tashxis qilish uchun uyquning qanday ekanligini 
bilishni aniqlash juda muhim hisoblanadi. Ushbu jarayon ikki bosqichga ajratiladi: 
1)
asta-sekinlik bilan keladigani; 
2)
tez orada yuz beradigani. 
Uyquning asta-sekinlik bilan keladigan bosqichida quyidagi belgilar kuzatiladi:: 1) bosh 
miyaning biopotensiallarining faolligini sekinlik bilan namoyon bolishi (uning 
ifodalanishiga ko`ra mazkur bosqich bir necha bosqich ostiga taqsimlanadi);
2) harakat faolligi; 
3) yurakning qisqarish soni kamayadi; 
4) arterial qon bosimi pasayadi;
5) tana harorati tushadi;
6) moddalar almashinuvi susayadi;
7) tana mushaklari bo‘shashadi; 
8) nafas olish yuzakilashadi; 
9) tush ko‘rish soni kamayadi. 
Uyquning tez orada yuz beradigan bosqichini ko‘pincha, notayin (paradoksal) uyqu deb 
atalib, bu paytda quyidagi belgilar ko`zga tashlanadi:
1) bosh miya potensiallarining yuqori darajadagi faolligi;
2) ko‘z soqqalarining harakatchanligi;
3) mushaklar tonusi tarangligining susayishi; 
4) mushaklaming qisqa vaqt mobaynida uchishi;
5) tush ko‘rish tez-tez yuz beradi. 
Kechasi mobaynida uyqu bosqichlari davriy ravishda o‘zgarib, 3-5 (uch-besh) marta 
qaytalanib turadi. Uyquning bir davrining davomiyligi 1,5-2 soatni tashkil etadi. 
Voyaga yetgan yosh kishilarda uyquning asta-sekinlik bosqichi 75- 80 foizni, tez 
bosqichi esa, 20-25 foizni tashkil qiladi.Ushbu uyqu bosqichlarining izdan chiqishi
uyquni buzilishiga olib keladi. Yuqori darajadagi hissiyot - tuygular, bezovtaliklar va 


laqqa ishonishlik (vpechatlitelnost) bo‘lgan sportchilarda uyquning kamligi va uning 
sifat jihatdan buzilganligi bilan namoyon bo`ladigan uyqusizlik kuzatilishi mumkin. 
Qisman uyqiisizlikning belgilari quyidagicha bo‘ladi:
1) uyquning yuzaki, chuqur emasligi;
2) kechqurn yoki kechasi uyg‘ongandan keyin qaytadan uyquga ketishning qiyinligi; 
3) erta uyg‘onish. 
Uyqusizlik sabablari quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin: 
1) nevrotik yoki asabiy izdan chiqishlar;
2) icliki a’zolar faoliyatini izdan chiqishi;
3) tashqi halaqitlar; 
4) begona sharoit va boshqalar.
Uyqu jarayonining jiddiy izdan chiqishi - 

Yüklə 311,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin