37
kabi holatlar korxona texnikaviy-iqtisodiy ko’rsatkichlarning pasayishiga olib
keladi.
Ishlab chiqarish jarayonlarining yig’indisi qisman mehnat jarayonlaridan
iborat bo’lib, ularni turkumlashda oqilona variantlardan foydalanib, to’g’ri
loyihalash talab etiladi. Ishlab chiqarish jarayonida
texnologik jarayonni chizma
bo’laklarga taqsimlashda holislikni talab qiladi, chunki ularda doimiy alomatlar
saqlanib qolishi kerak. Ishlab chiqarish jarayoni – chizma bo’laklarining
birlamchi asosiy qismidir. Ishlab chiqarish jarayoni – ish kuchi,
mehnat buyumi
va mehnat vositasining doyimiyligi natijasida paydo bo’ladi agar ulardan qaysi
biri o’zining harakati va sifati jihatidan o’zgarsa yangi ishlab chiqarish jarayoni
paydo bo’ladi. (Ishchi ish qurolini yoki xom-ashyoni o’zgartirsa, albatta yangi
mahsulot, yangi mehnat paydo bo’ladi).
Bir xil ish joyida bir yoki bir necha ishchilar turli
xil jarayonni boshqarishi
mumkin. Bu esa qisman mehnat jarayonini tashkil qiladi. Ko’chib yuruvchi
jarayon mehnat buyumining bir joydan ikkinchi joyga o’tish (fazodagi) holatini
o’zgartiradi.
Nazoratchi jarayon texnologik jarayonning qanday vaziyatda
bajarilayotganini (harorat, namlikning to’g’ri topilishi) nazorat qilib turadi.
Ta`minlovchi jarayon texnologik jarayonning
qoidali kechishiga shart-
sharoit yaratib beradi. Ishlab chiqarish jarayonlarining bajarilish usullari uch
turga bo’linadi: mashinada (mashina yordamida va ishchi nazorati ostida) amalga
oshiriladigan jarayon, qo’lda (mashina yordamisiz) bajariladigan jarayon, jarayon
mashina va qo’l kuchi birdamligida ishchining bevosita ishtirokida bajariladi.
Dostları ilə paylaş: