Ishlab chiqarish turlari . Ixtisoslashish darajasiga, ishlab chiqarilayotgan
mahsulotlarning turlari va miqdorlariga qarab ishlab chiqarish yakka (donalab),
seriyali va ommaviy ishlab chiqarish turlariga bo’linadi.
Yakka ishlab chiqarish – mehnat jarayonlarining tuzilishi, o’zining
beqarorligi bilan korxonalarning asosiy ishlab chiqarish ish joylarida
bajarilayotgan jarayonlar bir mahsulot tayyor bo’lgandan so’ng ikkinchi
mahsulot uchun o’zgaradi, yana yangi mehnat jarayoni boshlanadi.
Seriyali ishlab chiqarish – bu ishlab chiqarish shaklida ma`lum vaqt
oralig’ida bir xil mahsulotlarning seriyalarini tayyorlash takrorlanadi.
Ommaviy ishlab chiqarish – mehnat jarayonining davomiyligi va uning
murakkabligi bilan farq qiladi. Bu yerda mahsulot tayyorlash har bir ish joyida,
har bir ish kunida bir xil mehnat jarayonida tayyorlanadi.
Ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi. Ishlab chiqarishni tashkil
etishda ixtisoslashuv muhim o’rin tutadi.
Ixtisoslashuv - ayrim korxona yoki uning bo’linmalarini ma`lum
bir turdagi mahsulot yoki uning ayrim qismlarini ishlab chiqarishga
moslashtirishdir.
Mehnat taqsimotiga ko’ra ixtisoslashtirishning uch xil turi
mavjud: buyumli, texnologik, detalli.
Ixtisoslashtirishning ushbu turlari nafaqat asosiy ishlab
chiqarishga, balki yordamchi ishlab chiqarishga ham xosdir. Masalan,
instrumentlar va tamirlash sexini ixtisoslashtirish, qo’l instrumentlarini
ishlab chiqaruvchi, mashina va jihozlarni tamirlashda ishlatiladigan
instrumentlarni ishlab chiqaruvchi bo’linmalarni tashkil etishda ko’rinadi.
Ixtisoslashtirishning yuqorida qayd etilgan shakllari tarmoq, tarmoq
ichidagi va tarmoqlararo ixtisoslashuv ko’rinishida namoyon bo’ladi.
Tarmoq ixtisoslashuvi buyumli ixtisoslashuv ko’rinishida namoyon
bo’ladi. Tarmoq ichidagi ixtisoslashuv bir turdagi mahsulotni ishlab
chiqarishni tarmoq korxonalari ichida taqsimlanishini ko’zda tutadi.
Tarmoqlararo ixtisoslashuv detalli va texnologik shakllar bilan
bog’langan bo’lib, bir qancha tarmoq korxonalari foydalanadigan mahsulot
turini ishlab chiqarishda ko’rinadi.
Korxonalarning bir xil turdagi mahsulot ishlab chiqarishga
moslashtirilishi korxona ishlab chiqarish bo’linmalarining ham
ixtisoslashtirish zaruriyatini keltirib chiqaradi.
Ixtisoslashtirishning qaysi shaklini qo’llash shu korxonadagi ishlab
chiqarish sharoitiga, ishlab chiqarilayotgan mahsulot turiga, ishlab
chiqarish turiga, texnika va texnologiya darajasiga bog’liq. Ko’p hollarda
korxonalarda har uch shakl ham birgalikda uchraydi.
Ichki buyumli ixtisoslashuv buyumli yakunlangan sexlarni tashkil
qilish orqali amalga oshiriladi. Bunda har bir uchastka alohida detal va
bo’g’inlarni ishlab chiqaradi. Masalan: shesternya, boltlar, gaykalar, vallar
ishlab chiqaradi.
Ichki texnologik ixtisoslashuvda texnologik jihatdan bir xil bo’lgan
jarayonlar bir uchastkaga birlashtiriladi. Masalan: quyish sexi, mexanik sex,
yig’uv sexi.
Ixtisoslashtirishning muhim tomoni shundaki, u ishlab chiqarishni
mexanizasiyalashtirish, asbob-uskunlardan samarali foydalanish, progressiv
usullarni qo’llash, ishlab chiqarishning bir maromda ishlashini ta`minlash
39
imkonini yaratadi. Bundan tashqari ixtisoslashuv korxonalarda ommaviy
ishlab chiqarish elementlarini qo’llash imkoniyatini kengaytiradi.