Microsoft Word Ishlab chiqarish iqtisodiyoti doc


Instrument va texnologik uskunalarni klassifikasiyalash va



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/106
tarix03.12.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#138008
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   106
ishlab chiqarish iqtisodiyoti

Instrument va texnologik uskunalarni klassifikasiyalash va 
indeksasiyalash. 
Instrument xo’jaligini samarali tashkil etishning muhim 
omillaridan biri ularni klassifikasiyalash va indeksasiyalash hisoblanadi. Bu 
ayniqsa ushbu instrumentlarni saqlash va ish o’rinlariga yetkazishda muhim 
ahamiyatga ega bo’lib, turli xildagi uskunalarni bir tizimga guruhlash 
imkonini beradi. 


103
Klassifikasiyalash yo’li bilan barcha instrument va uskunalar konstruktiv 
xususiyatiga ko’ra, klassifikasiyalarga, podklasslarga, gruppalarga va 
podgruppalarga hamda turlarga ajratiladi. 
Masalan, Klass (sinf): kesuvchi asbob
Podklass: kesuvchi asbob, kesgich, parma, frua; 
Gruppa: asbob xarakteri va foydalanishni belgilovchi, tokarlik 
kesgichlari, tezkesar kesgichlar va h.k.; 
Podgruppa: instrument xarakterini belgilovchi,shiluvchi; 
Turi: instrument konstruksiyasi bo’yicha. 
Klassifikasiyalash bilan bir qatorda indeksasiyalash ham amalga 
oshiriladi. Indeksasiyalashning mohiyati shundaki har bir uskuna turiga 
shartli belgi-indeks qo’yiladi

Indeksasiyalashning 3 xil turi qo’llaniladi: o’nlik, xarflik, aralash. 
O’nlik sistemada klasslar, podklasslar, gruppalar raqamlar bilan 
belgilanadi, ya`ni har bir klass 10 ta podklassdan podklass – 10 ta 
gruppadan va h.k. iborat bo’ladi. 
Ushbu sistema texnik uskunlarga talabni rejalashda komppyuterlardan 
foydalanishni yengillashtiradi. Xarfli sistemada sonlar o’rniga instrument 
nomi yoki xarakteristikasining boshlang’ich harfi qo’llaniladi. Aralash 
sistemada indeksasiyalashda xarflar va raqamlardan birdaniga foydalaniladi. 
Bu yerda bir nechta boshlang’ich belgilar xarflar bilan, qolganlari esa sonlar 
bilan belgilanadi. 
Maslan: 16x25 o’lchamli avtomat kesgich quyidagi raqamli indeksga 
ega: 
11
25 11 
11 - klass 
------------- 
bu yerda 25– podklass 
1 – 16 x 25
11 – gruppa 
maxrajda instrument o’lchami
ko’rsatilgan. 
Aralash sistemada esa: 
RA – 211 
bu yerda R- klass 
-------------- 
A– podklass 
1 - 16 x 25 
211 – gruppa. 
Texnologik uskunalar nomenklaturasining ortiqcha kengayib 
ketishining oldini olish maqsadida instruksiyalarni normallashtirish bo’yicha 
ishlar olib borishni talab etadi. Natijada instrumentlarni texnologik 
tayyorlashga sarflangan vaqt qisqaradi, sifati yaxshilanadi va tanlab olish 
qulaylanadi. Instrumentlarni (asbob uskunalarni) normalizasiyalash asosida 
universal – yig’ish moslamalarini qo’llash keng tarqalgan. Ularni qo’llashda 
faqat bir operasiyada ishlaydigan uskunalar o’zaro almashtiriladigan, 
normallashtirilgan detallar bilan almashtiriladi va zarur paytda ulardan turli 
moslamalar tayyorlanadi. Ish tugagach ular qayta qismlarga ajratilib, ishchi 
uskuna uchun foydalaniladi. 

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin