105
T – instrumentlarning kelib chiqishi davriligi (2 ta buyurtma orasidagi vaqt)
oy.
Buyurtmani uzatish vaqti buyurtma nuqtasi bilan xarakterlanadi. Bu
nuqtada instrumentlar uzatish zaruriyati paydo bo’ladi.
Buyurtma uzatiladigan holatda instrument zapasi darajasi quyidagicha
aniqlanadi:
Q
tz
= Q
min
+ A
i
.
T
o
,
bu yerda:T
o
– buyurtmani qabul qilish va bajarish davri uzunligi.
Buyurtma berilayotgan instrumentlarning soni max va min buyurtmalar
orasidagi ayirma orqali topiladi:
N =Q
max
– Q
min
Rejalashtirilayotgan davrga instrumentlarga bo’lgan umumiy talab
ehtiyoj quyidagicha aniqlanadi:
N = A
i
+ Q
ob
- Q
fakt
,
Q
fakt
–rejalashtirilayotgan davr boshiga instrumentlarning haqiqiy zapasi;
Q
ob
– instrumentning aylanma fondi, ishlatilayotgan va zapasdagi max va
min zapas o’rtasida quyidagicha munosabat mavjud:
Q
ob
=Q
max
+ Q
min
/ 2
,
bundan:
Q
max
= 2 Q
ob
- Q
min
4.7 Energetika xo’jaligini tashkil etish asoslari
Korxonada energetik xo’jaligining ahamiyati va vazifalari
. Sanoat
korxonalari o’z faoliyatlari davomida ko’p midorda turli xildagi energetik
resurslar – elektr energiyasi, bug’, gaz, issiqlik siqilgan havo iste`mol qiladi.
Ishlab chiqarishda yangi texnika-texnologiyani joriy etishda energetika
quvvatlariga suyangan holda ish olib boriladi. Ishlab chiqarishda energiya
iste`moliga sarf bo’lgan xarajatlar mahsulot tannarxi tarkibiga qo’shilib,
uning shakllanishiga ta`sir ko’rsatadi. Mahsulotni ishlab chiqarish
jarayonlarini uzluksiz yetarli energiya resurslari bilan ta`minlash va ulardan
foydalanish eng muhim vazifalarda biridir.
Bu masalalar bilan korxona
energetik xo’jaligi shug’ullanadi. Korxonalar asosan markazlashgan holda
shahar, rayon sistemalari va gaz uzatgich shaxobchalari orqali energiya bilan
ta`minlanadi. Agar ishlab chiqarish korxonalari shahardan yoki elektr
energiya manbalaridan uzoq masofada joylashgan bo’lsa, bu holda
korxonalarda shaxsiy energiya shaxobchalari tashkil etiladi. Siqilgan havo
sexlarini ta`minlashda kompressor stansiyalarining iste`molchi sexlarga yaqin
quriladi. Energiya xo’jaligi korxona ishlab chiqarish tizimida 2 ga bo’linadi:
1.
Sexlar; 2. Umumkorxona.
Sexlarda o’rnatilgan elektromatorlar, turli apparaturalar va taqsimlovchi
shaxobchalar texnologik jarayonlarda muhim rol o’ynaydi. Umumkorxona
energoxo’jaligiga
esa shahar, rayon elektr quvvatini ta`minlovchi sistemalarda
elektr quvvatlarini qabul qilib oluvchi tarnsformatorlar, energo-asbob
uskunalari va ularni ekspluatasiya qiluvchi sohalar kiradi.
Sanoat korxonalarida quyidagi energetik sexlar mavjud: elektromexanik,
gazli, past bosimli va hokazo. Energetika xo’jaligining tashkiliy strukturasi
ishlab chiqarish turiga, joylashgan o’rniga, texnologiyasiga, elektr bilan
ta`minlash
darajasiga, ishlab chiqarish hajmiga bog’liq bo’ladi.
106
Energetika sexlari korxonalarning barcha bo’limlarini samarali faoliyat
ko’rsatkichlarida katta ahamiyatga ega. energetika xo’jaligi quyidagi
xususiyatlarga ega.
-
birinchidan, energiya ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va iste`mol
qilish, uzluksizlik xarakteriga egadir, shuning uchun energiyani ishlab
chiqarishda uzluksiz ishlovchi jihozlar va agregatlardan foydalaniladi;
-
ikkinchidan, enegiya ishlab chiqarish va iste`mol qilish davri ustma-ust
tushadi;
-
uchinchidan, energetika xo’jaligida ishlab
chiqarish jarayonlari
o’zgaruvchan xarakterga ega, ya`ni elektr iste`mol qiluvchi agregatlarning
mumiy nagruzkasi o’zgarib turadi va bu narsa albatta rejalashtirish ishida
o’z aksini topadi;
-
to’rtinchidan, ishlab chiqarishda korxonada ishlab chiqariladigan energiya
turi bilan bir vaqtda chetdan keltiriladigan energiyaning qayta ishlash
jarayoni o’zaro moslashtiriladi;
-
beshinchidan, ishlab chiqariladigan energiyaning
bir qismi shu sexning
o’zida iste`mol qilinadi.
Energetik resurslardan oqilona foydalanish ikki yo’nalish bo’yicha amalga
oshiriladi: bo’limlarni issiqlik va energiya bilan ta`minlash va uning iste`mol
qilish yo’nalishidir. Sanoat korxonalarida energiya resurslarini foydalanish
yo’nalishlari quyidagilardir:
1.
Korxonani energiya bilan ta`minlash sistemasini rivojlantirish.
2.
Energetik jihozlarni takomillashtirish.
3.
Energiya iste`mol qilish sistemasini takomillashtirish.
4.
Korxonani elektr bilan ta`minlash sistemasi kuch jihozlari va elektr
tarmoqlaridan iboratdir.
Kuch jihozlariga markaziy podstansiyalarning kuch transformatorlangan
kompressor nasoslar dvigatellari, yirik texnologik jihozlarning dvigatellari
kiradi.
Tarmog’ida energetika xo’jaligiga ishlab chiqarish jarayonini energiya
bilan uzluksiz ta`minlab turuvchi qurilmalar: kotelxona,
transformatorlar,
kompressor qurilmalar, elektr tarmoqlari va boshqalar kiradi.
Ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarish korxonalari elektr energiya,
bug’, siqilgan havo, issiq suvdan foydalanadi. Elektr energiya asosan ishlab
chiqarish jihozlarni harakatga keltirish uchun, texnologik maqsadlar uchun
ishlatilardi. Bug’ va issiq suv shahar yoki rayon issiqlik stansiyalaridan
keltiriladi va texnologik maqsadlarda foydalaniladi.
Siqilgan havo ham texnolgik maqsadlarda
hamda dvigatel sifatida
ishlatiladi.
Yirik sanoat korxonalarida energetik resurslarining sarfi xarajat turlari
bo’yicha me`yorlashtiriladi: texnologik ehtiyojlar uchun, mashina va
mexanizmlarni harakatga keltirish uchun, ventelyasiya uchun, ularga bo’lgan
talab esa normativlar va ishlab chiqarish rejasi asosida hisoblanadi.
Maishiy xizmat ko’rsatish korxonalarida esa energiya iste`mol qiluvchi
jihozlar quvvatidan kelib chiqib, umumiy holdagi talab hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: