106
Energetika sexlari korxonalarning barcha bo’limlarini samarali faoliyat
ko’rsatkichlarida katta ahamiyatga ega. energetika xo’jaligi quyidagi
xususiyatlarga ega.
-
birinchidan, energiya ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va iste`mol
qilish, uzluksizlik xarakteriga egadir, shuning uchun energiyani ishlab
chiqarishda uzluksiz ishlovchi jihozlar va agregatlardan foydalaniladi;
-
ikkinchidan, enegiya ishlab chiqarish va iste`mol qilish davri ustma-ust
tushadi;
-
uchinchidan, energetika xo’jaligida ishlab chiqarish jarayonlari
o’zgaruvchan xarakterga ega, ya`ni elektr iste`mol qiluvchi agregatlarning
mumiy nagruzkasi o’zgarib turadi va bu narsa albatta rejalashtirish ishida
o’z aksini topadi;
-
to’rtinchidan, ishlab chiqarishda korxonada ishlab chiqariladigan energiya
turi bilan bir vaqtda chetdan keltiriladigan energiyaning qayta ishlash
jarayoni o’zaro moslashtiriladi;
-
beshinchidan, ishlab chiqariladigan energiyaning bir qismi shu sexning
o’zida iste`mol qilinadi.
Energetik resurslardan oqilona foydalanish ikki yo’nalish bo’yicha amalga
oshiriladi: bo’limlarni issiqlik va energiya bilan ta`minlash va uning iste`mol
qilish yo’nalishidir. Sanoat korxonalarida energiya resurslarini foydalanish
yo’nalishlari quyidagilardir:
1.
Korxonani energiya bilan ta`minlash sistemasini rivojlantirish.
2.
Energetik jihozlarni takomillashtirish.
3.
Energiya iste`mol qilish sistemasini takomillashtirish.
4.
Korxonani elektr bilan ta`minlash sistemasi kuch jihozlari va elektr
tarmoqlaridan iboratdir.
Kuch jihozlariga markaziy podstansiyalarning kuch transformatorlangan
kompressor nasoslar dvigatellari, yirik texnologik jihozlarning dvigatellari
kiradi.
Tarmog’ida energetika xo’jaligiga ishlab chiqarish jarayonini energiya
bilan uzluksiz ta`minlab turuvchi qurilmalar: kotelxona, transformatorlar,
kompressor qurilmalar, elektr tarmoqlari va boshqalar kiradi.
Ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarish korxonalari elektr energiya,
bug’, siqilgan havo, issiq suvdan foydalanadi. Elektr energiya asosan ishlab
chiqarish jihozlarni harakatga keltirish uchun, texnologik maqsadlar uchun
ishlatilardi. Bug’ va issiq suv shahar yoki rayon issiqlik stansiyalaridan
keltiriladi va texnologik maqsadlarda foydalaniladi.
Siqilgan havo ham texnolgik maqsadlarda hamda dvigatel sifatida
ishlatiladi.
Yirik sanoat korxonalarida energetik resurslarining sarfi xarajat turlari
bo’yicha me`yorlashtiriladi: texnologik ehtiyojlar uchun, mashina va
mexanizmlarni harakatga keltirish uchun, ventelyasiya uchun, ularga bo’lgan
talab esa normativlar va ishlab chiqarish rejasi asosida hisoblanadi.
Maishiy xizmat ko’rsatish korxonalarida esa energiya iste`mol qiluvchi
jihozlar quvvatidan kelib chiqib, umumiy holdagi talab hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: