I. D. Boboev X. O. Abdullayev a. Sh. Otajonov amaliy algologiya fanidan amaliy mashg‘ulotlari uchun o‘quv uslubiy qo‘llanma Toshkent – 2021



Yüklə 4,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/77
tarix04.12.2023
ölçüsü4,01 Mb.
#138076
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   77
Amaliy algologiya Amaliy mashg\'ulot

 
4. 
4.1. 
Mustaxkamlash va baholash bosqichi 
Berilgan ma‘lumotlarni talabalar tomonidan o‘zlashtirilganligi aniqlash 
uchun quyidagi savollar beriladi 
-
tarkibiga ko‘ra ozuqa muhitlari 
-
tayyorlanishiga ko‘ra ozuqa muhitlari 
-
maqsadiga ko‘ra ozuqa muhitlari
 
O‘qituvchi 
15 minut
 
5. 
5.1. 
5.2. 
5.3. 
O‟quv mashg‟ulotini yakunlash bosqichi: 
Talabalar bilimi tahlil qilinadi 
Mustaqil ish topshiriqlari beriladi 
O‘qituvchi o‘z faoliyatini tahlil qiladi va tegishli o‘zgartirishlar kiritadi
 
O‘qituvchi 
10 minut
 
 
Ishni bajarish tartibi. 
 
Ozuqa muhitlar va mikrobiologik tekshirishlar 
 
Mikrobiologik tekshirish deb, tekshirish materiallarini ozuqa muhitiga ekib, 
mikroorganizmlarning sof kulturasini ajratib olish va ularning xossalarini 
o‗rganishga aytiladi. Sof kultura deb, bir turdagi mikroorganizmlardan iborat 
kulturaga aytiladi. Bu mikroblarning turi va tipini aniqlashda, tekshirish ishlarida, 
mikroblarning hayot davomida ishlab chiqaradigan moddalarini (toksinlar, 
antibiotiklar, vaksina va b.) olishda kerak. 
Mikroorganizmlarni o‗stirishda—kultivatsiyalashda, ya‘ni sun‘iy sharoitda 
o‗stirish (alohida substraktlar, oziqa muhitlar) zarur. Organizmlar muhitida 
mikroorganizmlar hayotdagi barcha jarayonlarni (oziqlanadi, nafas oladi, bo‗linib 


17 
ko‗payadi va b.) bajaradi, shuning uchun ularni kultivatsiyalovchi muhitlar deb 
ham ataladi. 
Oziqa muhitlariga qo„yiladigan talablar 
 
Oziqa muhitlar quyidagi talablarga javob berishi lozim: 
1. 
To‗yimli bo‗lishi kerak, ya‘ni mikroorganizm energiyasining 
yetarlicha oziqlanishini qoniqtiradigan bo‗lishi lozim. Bularga organogenlar, 
mineral (noorganik) moddalar, mikroelementlar kiradi. Mineral moddalar 
mikroelementlar tuzilishini va fermentlarni faollashtiribgina qolmay, muhitning 
fizikaviy va kimyoviy xossalarini (osmotik bosimi, pH va b.) aniqlab beradi. 
Ayrim mikroorganizmlarni o‗stirishda oziqa muhitiga o‗stirish omillari — 
vitaminlar, ayrim aminokislotalar va boshqalar qo‗shiladi, chunki hujayra ularni 
sintezlay olmaydi. 
2. 
Vodorod ion (pH) ko‗rsatkichi optimal darajada bo‗lishi lozim. 
Muhitning optimal reaksiyasi hujayra qobig‗ining o‗tkazuvchanligiga va 
mikroorganizmlarning oziqa muhitlarni hazm qilishiga ta‘sir ko‗rsatishi mumkin. 
Ko‗pgina patogen bakteriyalar uchun kuchsiz ishqoriy sharoit optimaldir (7,2-7,4). 
Masalan, vabo vibrioni uchun optimal ishqoriy sharoit (pHi 8,5-9,0) va sil 
qo‗zg‗atuvchisi uchun kuchsiz kislotali (pHi 6,2-6,8) sharoit optimal muhit bo‗lib 
hisoblanadi. 
3. 
Mikrob hujayrasi uchun oziqa muhiti izotonik bo‗lishi, ya‘ni 
muhitning osmatik bosimi hujayra ichidagi bosim bilan bir xil bo‗lishi lozim. 
Ko‗pgina mikroorganizmlar uchun 0,5 % li natriy xlor eritmasi optimal muhit mos 
keladi. 
4. 
Steril bo‗lishi lozim, begona mikroorganizmlar bo‗lishi o‗rga- 
nilayotgan mikroblar o‗sishiga, uning xossalarini o‗rganishga to‗sqinlik qiladi. 
5. 
Zich oziqa muhitlar nam bo‗lishi, mikroorganizmlar uchun optimal 
konsistensiyaga ega bo‗lishi kerak. 
6. 
Oksidlanish-qaytarilish potensialiga ega bo‗lishi lozim, ya‘ni oladigan 
va beradigan elektron moddalar nisbatiga ega bo‗lishi kerak. pH indeksida 
potensial 
oziqa 
muhit 
kislorod 
bilan 
to‗yinganini 
ko‗rsatadi. 
Bir 
mikroorganizmlarga yuqori potensial, boshqalari uchun past potensial kerak. 
Masalan, anaeroblar: PH2 indeksi 5 tadan ko‗p bo‗lmaganda, aeroblar RH2 indeksi 
10 tadan past bo‗lmaganda bo‗linib ko‗payadi, ko‗pgina muhitlarning oksidlanish 
potensiali aerob va fakultativ anaeroblarga qo‗yilgan talablarni qoniqtiradi. 
7. 
Kulturaning 
o‗sganini, 
boshqa 
mikroorganizmlar 
ta‘sirida 
ifloslanganligini aniqlash uchun oziqa muhitlar tiniq bo‗lishi lozim. 

Yüklə 4,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin