(ingl. Scalable – OFDMA)
usulini ishlatib fizik darajada takomillashtirish kiritilgan. IEEE
802.16e standarti doirasida qo‘llanilgan OFDMA texnologiyasi-
ning afzalliklaridan biri shundaki kanalning kengligi o‘zgaruvchan
bo‘ladi, shu bilan birga kanalning kengligi va OFDM simvollar-
ni diskretlash chastotasi orasidagi munosabati o‘zgarmas qoladi.
FTT massivlarining bir necha: 128, 512, 1024 va 2048 o‘lchamlari
ko‘zda tutilgan va bu turli radiokanal kengliklarini (5MGs; 7MGs;
8,75MGs; 10MGs, 20MGs) ishlatishga imkon beradi. Bundan
tashqari IEEE 802.16e standartidagi OFDMA texnologiyasi aloqa
uzoqligi va tarmoq sig‘imi bo‘yicha har xil talablarni qondirish
maqsadida tarmoqning ishchi xarakteristikalarini optimallash-
tirish uchun subkanallarni tashkil etilishini bir necha usullarini
ishlatishga imkoniyat beradi. Fizik darajada OFDM-simvollar va
nimeltuvchilar chastotaviy rejalashtirish yordamida alohida man-
tiqiy va fizik subkanallarga ajratiladi. Chastotaviy rejalashtirish
chastota-taqsimlash yoki chastota-ajratish asoslarida amalga oshi-
rilishi mumkin.
Chastota-taqsimlash usuli har bir subkanalga mo‘ljallangan
nimeltuvchilarni psevdo-tasodifiy holda mavjud subkanallar
orasida taqsimlaydigan usulni ko‘zda tutadi. Bu usul chastota-
lar xilma-xilligi hisobiga turli aloqa sharoitlarida kanal resursidan
optimal foydalanishga imkon beradi, shuningdek, tayanch stansi-
yaning qamrov hududini kengaytirishni va tarmoqning sig‘imini
oshirishni ta’minlaydi.
Chastota-ajratish usuli adaptiv modulyatsiya va kodlash
(ingl.
AMS)
rejimida qo‘llab-quvvatlanadi va bevosita bir-birlari bilan
yaqin joylashgan (yoki, qo‘shni) nimeltuvchilarning qo‘llanilishi
orqali subkanallarni tashkil etishga imkon beradi. Bu usul tar-
moqning sig‘imini 30% gacha oshirishiga olib kelishi mumkin.
Usulning kamchiligi bu xizmat ma’lumotlari hajmini ortishidir.
394
OFDM texnologiyasi (IEEE 802.16d standarti) abonentlar
orasida kanal resurslarini taqsimlashda kamroq erkinlikka ega,
chunki unda bir simvolni faqat bir abonentga taqsimlash mum-
kin. OFDMA texnologiyasi esa katta erkinlikka ega va chasto-
ta resurslarni bir simvol uzunligida bir necha abonentlar orasida
taqsimlashga imkoniyat beradi. Shunday qilib, kanalni kengayti-
rish imkoniyati va subkanallarini turlicha tashkil etish usullaridan
foydalanish hisobiga IEEE 802.16e standartidagi OFDMA fizik
interfeysi IEEE 802.16d standartidagi OFDM ga nisbatan sezilarli
afzallliklirga ega.
Har ikkala standartlarda radiointerfeysni tashkil etishga turli ta-
lablar qo‘yilgan va IEEE 802.16e standartida bu talablar qo‘shim-
cha kengaytirilgan edi va ishlab chiqaruvchilarga tarmoq sig‘imini,
aloqa uzoqligini, terminallarning energiya iste’molini va xizmat
ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash, shuningdek, IP protokoli aso-
sida ishlaydigan multimediali va boshqa xizmatlarni qo‘llab-quv-
vatlash imkoniyatlari tavsiya etilgan edi. IEEE 802.16d va IEEE
802.16e standartlari aloqaning ishonchliligini oshirishga qaratilgan
xatolarni oldindan tuzatish
(ingl. FEC)
bo‘yicha turli algoritmlarni
qo‘llab-quvvatlaydi. Oddiy o‘ramli kodlardan va ARQ mexanizmi-
dan foydalanish majburiy deb, qo‘shimcha vositalar sifatida esa
o‘ramli turbokod va HARQ — gibrid aks aloqa kabi samarador
usullar qo‘llanilishi nazarda tutilgan. Biroq, bu yuqori samarador
xato tuzatish vositalari IEEE 802.16d standartining birinchi avlod
jihozlarida ishlatilishini ehtimoli kam. IEEE 802.16e standartida
esa birinchi mahsulotlardayoq LDPC
(ingl. Low Density Parity
Check)
kamzichlik juftlikka tekshirish va STS kabi takomillashgan
kodlash usullari qo‘llaniladi.
Tarmoqning qamrov hududini oshirishga qaratilgan qo‘shim-
cha yechimlar ikkala standartda ham ko‘zda tutilgan. Bular orasi-
da antennalarni fazoviy-vaqtli kodlash
(ingl. STS)
asosida fazoviy
yoyish usuli qo‘llaniladigan MIMO texnologiyasi bordir. Bu cho-
ralar IEEE 802.16e standartida yanada rivoj topdi, bunda anten-
nalarni yoyish usullariga va adaptiv antennalarni ishlatishga katta
395
e’tibor qaratildi. TS uzatkichlarida ko‘p antennali konfiguratsi-
yalarni qo‘llab-quvvatlash, shu jumladan, takomillashtirilgan an-
tenna nimtizimi rejimi AAS, teskari aloqasiz fazoviy-vaqtli kod-
lash rejimlari (2–4 uzatuvchi antennalar uchun va teskari aloqali
MIMO rejimlari) ishlatilgan.
IEEE 802.16e standartida elektr energiyasini tejashni va AQ
ni avtonom uzoqroq ishlash vaqtini ta’minlaydigan energiya
iste’molini boshqarishning qator funksiyalari (“uyqu” va “ku-
tish” rejimlari) tavsiflanadi. AQning mobillik qismiga IEEE
802.16e standartiga kiritilgan yangi qo‘shimchalar hatto yuqori
tezliklarda harakatlanganda ham jihoz ishlashi sifatini keyingi
oshirilishiga olib keladi. Bunga yaxshilangan “xendover” jara-
yoni, qo‘shni sotalar signallari parametrlarini nazorat qilish
shuningdek “uxlash” rejimida mobillikni qo‘llab-quvvatlash hi-
sobiga erishiladi, bu abonent uskunasining energiya iste’moli-
ning kamayishini ta’minlaydi.
IEEE 802.16e standartida real vaqtda kanalni ilg‘or taqdim eti-
lishining takomillashtirilgan algoritmi
(ingl. Extended Real Time Polling
Service, ERTPS)
kiritilmoqda. Bu algoritmdan foydalanish aniqlikning
ushlanishi va uning notekisligi (djitter) ko‘rsatkichlarini yaxshilash im-
koniyatini beradi. Shu sababli IEEE 802.16e standarti tizimi trafikni
uzatish tizimini va boshqa uning parametrlarini samarali boshqarishga
qodir. QoS ta’minlash vositalaridan foydalanish, ayniqsa, IP protokoli
bo‘yicha (VoIP) nutq uzatilgan holda muhimdir.
Shuningdek, IEEE 802.16e standarti guruhli (ko‘p manzilli) va
keng uzatishli uzatish imkoniyatini ko‘zda tutadi. OFDMAdan
foydalanish hatto sotalar chegaralarida ham ma’lumotlarini yuqori
uzatish tezligida guruhli va keng uzatishli uzatish imkoniyati mul-
timedia tizimlariga (videoni paketli uzatish qo‘llaniladigan, masa-
lan IP–TV, IP protokoli bo‘yicha katta trafik hajmi bilan xarak-
terlanadigan) o‘tkazish polosasidan foydalanishni va kontentning
yetkazilishini sezilarli optimallashtirishga imkon beradi.
Va nihoyat, u yoki bu standartning mahsulotlari narxlarining
o‘zgarishlariga taxminlarda farqlar mavjud. KSU tizimlari bozori
396
o‘sishda davom etmoqda va shuning uchun ularning narxi om-
maviy joriy etilishi va ishlab chiqarish ko‘lamlari hisobiga iqtisod
qilish natijasida kelajakda kamayishi kerak. AKT induksiyasida-
gi tajribalarning ko‘rsatishicha, portativ va mobil uskunalarning
tarqalishi ko‘pincha ham abonent, ham infratuzilma jihozlari-
ni ishlab chiqarish hajmlarini tez o‘sishiga olib keladi. Shuning
uchun IEEE 802.16e standarti mobil uskunalarining rivojlanishi
IEEE 802.16d standartidagiga qaraganda arzon bo‘lishiga imkon
beradi. Shu bilan birga yirik chipsetlar ishlab chiqaruvchilari (In-
tel, FUJITSU kabi) rasman bildirishdiki, IEEE 802.16e standarti
WiMAX tizimlarining asosiy standarti bo‘lib qoladi. Lekin agar
“turg‘un WiMAX” ham afzalliklari keltirilmasa taqqoslash to‘liq
bo‘lmaydi. Bu avvalo foydalaniladigan signalni modulyatsiyalash
va kodlash turlari hisobiga yuqori o‘tkazish qobilyati hisoblanadi.
Bu o‘tkazish polosasiga qat’iy talablarni qo‘yadigan va turg‘un
modemni o‘rnatish imkoniyatiga ega bo‘lgan korporativ foyda-
lanuvchilar uchun muhim. “turg‘un WiMAX” uchun standart-
ning avvalroq paydo bo‘lishi hisobiga tayyor jihozlarni yetkazib
beruvchilarning katta tanlash mavjud va bu jihozlar endi o‘zaro
moslashishga testlangan va WiMAX Forumi sertifikatlari bilan
tasdiqlangan.
IEEE 802.16d va IEEE 802.16e standartlarini ko‘rib chi-
qishni yakunlash bilan 27.2-jadvalga kiritilgan bu standartlarning
xarakteristikalarini umumlashtirilgan taqqoslashni, shuningdek
27.3-jadvalda bu standartlar taqdim etiladigan xizmatlar klassi-
fikatsiyasini keltiramiz.
27.2-jadval
Dostları ilə paylaş: |