12
Mayl-End degan joyda qurdirgan. Tauerni ba’zi manbalarda “qal’a”, ba’zi
manbalarda “qasr” deb berilgan.
Tauer qal’asi qoʻzgʻolonchilar tomonidan qamal qilinadi va Richard II
4 moddadan iborat “Mayl End” dasturini qabul qiladi:
1. Dehqonlar qaramligini bekor qilish.
2. Mamlakatning barcha yerlarida savdo-sotiq erkinligi huquqinini berish.
3. Har bir akr (0.4 ga teng yer maydoni) yerdan 4 pens miqdorda muntazam pul
miqdorini belgilab qoʻyish.
4. Qoʻzgʻolon qatnashchilariga umumiy avf berish.
Qoʻzgʻalonchilarni kambagʻal qismi Uot Tayler boshchiligida qirol bilan
uchrashish uchun Smitfildga boradi. Uchrashuv paytida Tayler halok boʻladi va qirol
maslahatchilarini va’dalariga ishongan qoʻzgʻolonchilar shaharni tark etishganda,
orqalaridan yuborilgan qoʻshin bilan ulardan ayovsiz oʻch olinadi.
Jon Boll ham qattiq qiynoqlarga solinib, oʻldiriladi.
Qoʻzgʻolon magʻlubiyatga uchrasada, dehqonlarning mehnat majburiyatlaridan
voz kechiladi. XV asrda qaram dehqonlar toʻlov evaziga ozod etiladilar. Soliqlar
tartibga solinadi.
Angliya tarixidagi kasal qirol Genrix VI ni taxtdan voz kechmasligi uchun xotini
– Anjuy qiroli qizi Margarita qattiq kurashadi. Uning gerbida “Qizil gul”, raqibi York
gersogi gerbida “Oq gul” tasviri tushirilgan edi. Ular oʻrtasidagi urush 1455-1485
yillarda 30 yil davom etadi. Va Lankasterlar xonadoni qoʻllagan Genrix VII Tyudor
(1485-1509) gʻolib boʻlib, taxtga oʻtiradi. Uning hukmronligi davrida qirol hokimyatida
hiylalar kuchayadi.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlashni 3 bosqichda amalga oshiramiz.
1. “Solishtirma xronologiya” metodi. Hamda yangi inovatsiyalar bilan ishlaymiz.
Bunda oʻqituvchi oʻtgan mavzudagi muhim sanalarni inglizchada oʻqiydi guruhlar
quyidagicha javob berishadi.
Oʻqituvchi:
Are they speaking languge the new topic. (Sizlar bilan yangi mavzu
haqida ingliz tilida gaplashsak boʻladimi).
Oʻquvchilar:
Yes.
Dostları ilə paylaş: