1
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI
VAZIRLIGI
NAMANGAN VILOYATI
MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI
BOSHQARMASI
DAVLATOBOD TUMANI
MAKTABGACHA VA MAKTAB
TA’LIMI BOʻLIMIGA QARASHLI
91-UMUMIY OʻRTA TA’LIM MAKTABI TARIX FANI
OʻQITUVCHISI IRBOLAYEVA IRODANING
7-SINF JAHON TARIX FANIDAN
«ANGLIYA
OʻRTA ASRLAR SOʻNGIDA»
MAVZUSIDA TAYYORLAGAN BIR SOATLIK
DARS
ISHLANMASI
NAMANGAN - 2023
2
Annotatsiya
“Angliya oʻrta asrlar soʻngida” mavzusidagi ushbu dars ishlanma ilgʻor
pedagogik va axborot texnologiyalariga asoslangan holda tayyorlangan
boʻlib, unda interfaol metodlar va didaktik topshiriqlardan unumli
foydalanilgan. Mavzu Angliya haqida boʻlgani uchun va bugungi kundagi
innovatsiyalardan unumli foydalanish maqsadida qoʻshimcha ingliz tilida
metod, atamalardan foydalanilgan. Angliyaning geografik jihatdan oʻrni
bugungi kundagi etnografik, statistik ma’lumotlaridan foydalanilgan.
Dars ishlanmaning ma’naviy siyosiy daqiqasida dars oʻtish muddati
fevral oyiga toʻgri kelishi aniqlanib, fevral oyi muhim sanalari, yurtimizda va
jahon davlatlaridagi siyosiy jarayonlarga oid xabarlar hamda Angliya va
Oʻzbekiston munosabatlari haqida ma’lumotlar kiritilgan.
Oʻtgan mavzuni mustahkamlashda oʻquvchilar bilan xotirani
mustahkamlash uchun muhim metodlardan foydalanilgan. Xulosa va
umumiylashtirish qismida qoʻshimcha adabiyotlardan olingan hamda
oʻquvchilar uchun yangilik boʻlgan ma’lumotlar keltirib oʻtilgan.
Yangi mavzu bayonida slaydlar orqali koʻrsatib tushuntirilib, bayon
vaqtida oʻquvchini jalb etish, rivojlantirishda “Aqliy hujum” metodlaridan
ham foydalanilgan. Yangi mavzuni mustahkamlash uch bosqichda amalga
oshirilib, “Plickers” test metodi tamomila oʻqituvchi va oʻquvchilar uchun
yangilik, innovatsiya, samarali metoddir.
Dars ishlanmadan umum ta’lim maktablarining 7-sinf jahon tarix fani
oʻqituvchilari dars mashgʻulotlarida, toʻgaraklarda va iqtidorli oʻquvchilarni
“Bilimlar bellashuvi”ga tayyorlashda va boʻsh oʻzlashtiruvchi oʻquvchilar
bilan ishlashda ijodiy foydalanishlari mumkin.
Tuzuvchi:
Dostları ilə paylaş: |