Oʻzbekiston respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi



Yüklə 127,85 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/11
tarix10.12.2023
ölçüsü127,85 Kb.
#138852
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
1675056581 Angliya orta asrlar davrida. DI. Iroda Irbolayeva

 
DARSNING TUZILISHI 
1. Tashkiliy qism
5 daqiqa 
2. Oʻtilgan mavzuni takrorlash (mustahkamlash)
10 daqiqa 
3. Yangi mavzuni tushuntirish
10 daqiqa 
4. Yangi mavzuni mustahkamlash
14 daqiqa
5. Oʻquvchilarni baholash
4 daqiqa 
6. Uуgа vаzifa berish
2 daqiqa 
 
I. TASHKILIY QISM 
(jami 5 daqiqa) 
Oʻqituvchi oʻquvchilar bilan salomlashib, davomatni aniqlaydi, xonani tozaligiga 
e’tibor qaratadi va darsga olib kirilgan jihozlar, koʻrgazmalar, ishlanmalarni foydalanish 
uchun tayyorlab qoʻyadi. Sinf oʻquvchilari darsni boshlashga tayyor ekanligi koʻzdan 
kechiradi. 
Oʻqituvchi: 
“Taraqqiyotning tamal toshi ham, mamlakatni qudratli, millatni 
buyuk qiladigan kuch ham ilm-fan, ta’lim va tarbiyadir”
Prezident Shavkat Mirziyoyev Miromonovich. 
Siz bor quyosh koʻngillarni yoritguvchi, 
Siz bir mehr baxt chashmasin ulashguvchi, 
Siz bir quvonch dilni zavqqa toʻldirguvchi, 
Siz bir omad qalbda gʻurur undirguvchi! 
Barchamizga yangi kun, yangi imkon, bilimlarni egallash muborak boʻlishini 
tilab, maktabdagi eng bilimdon 7
“B”
-sinf oʻquvchilari bilan jahon tarixi darsimizni 
boshlaymiz! Darsimizni qiziqarli va kengroq, chuqurroq oʻrganishimiz uchun 
guruhlarga boʻlinib olamiz. 1-guruh “Yosh tarixchilar” - “Younger historians”, 2-guruh 
“Bilimdonlar” - “The cleverest”. Guruhlarga boʻlinishning eng asosiy yutuqlari: raqobat 
boʻlgan joyda yuksalish, rivojlanish boʻlsa, jamoa boʻlib ishlash darsimizni yanada 
faollashtiradi. 



Shundan soʻng, bugungi kundagi ta’limga e’tibor va yoshlar ma’naviyatini 
yuksalnirish va ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish boʻyicha 5 ta muhim 
tashabbus haqida va olib borilayotgan ishlar haqida siyosiy daqiqa tashkil etiladi. 
Siyosiy daqiqa tashkil etilib, yil nomlanishining uch xil tilda aytilishi, fevral 
oyidagi muhim sanalar, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur asarlari va 
ruboiylaridan parchalar, qisqa ma’lumotlar oʻquvchilar tomonida keltirib oʻtiladi.
Oʻqituvchi: Fevral qaysi fan oyligi va qanday ma’lumotlarga egasiz? 
Oʻquvchilar quyidagi ma’lumotlarni aytadilar: 
- Fevral matematika fan oyligi: 
- 1-fevral AQSh da milliy-ozodlik kuni (1965) 
- 9-fevral 1441-1501-yillarda yashagan soʻz mulkining sultoni Alisher Navoiy 
tavvaludining 582-yilligini nishonladik. 
Kimki jahon ahlida inson erur, 
Bilki, nishona anga iymon erur. 
7-fevral - Toskent viloyati Gʻazalkent shahriga asos solingan kun (1964). 
14-fevral - Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1530) tavallud kuni. 
16-fevral - Oʻzbekiston Respublikasining Xalqaro Iqtisodiy Hamkorlik Tashkiloti 
(XIHT)ga a’zo boʻlgan kun. 
17-fevral - Xalqaro “Qizil xoch” jamiyati tashkil topgan kun (1863-yil, Jeneva). 
17-fevral - Toʻraqorgʻon tumani tashkil etilgan kun (1936). 
18-fevral - Oʻzbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi tashkil topgan kun 
(1995). 
19-fevral - Oʻzbekiston AQSH bilan diplomatik aloqa oʻrnatgan kun (1992). 
24-fevral - Toshkentda M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti 
filiali trashkil etilgan kun (2006). 
Oʻqituvchi: “Fevral” soʻzining ma’nosi lotincha “februarus” tozalanish, poklanish 
degan ma’nolarni anglatadi.
Fevraldagi yana eng muhim voqea 11-sanada “Xalqaro im-fan sohasidagi xotin-
qizlar kuni”
2020-yil 16-17-fevral kunlari Oʻzbekistonda gender tengligini ta’minlash 
komissiyasi a’zosi Saida Mirziyoyeva Dubayda oʻtkazilgan butun jahon ayollar 
forumida ishtirok etdi. Forumga taklif etilganlar orasida Ivanka Tramp,Tleza Mey kabi 
dunyoning nufuzli ayollari ham boʻlib, Saida Mirziyoyeva Oʻzbekistonda gender 
tengligini ta’minlash borasida olib borilayotgan islohotlar haqida ma’ruza qildi.(2020)
Shavkat Mirziyoyev 2020-yil 19-20 fevral kunlari Turkiya prezidenti Rejab 
Toyyib Erdogʻanning taklifiga binoan Turkiyaga rasmiy davlat tashrifi bilan bordi. 
(2020) 
Oʻquvchilarga bugungi kunda ta’lim sohasida, ma’naviyatimizni, barkamol 
insonlar boʻlib yetishish uchun qanday chora tadbirlar amalga oshirilmoqda? 
Oʻqituvchi: Sizlar bilim choʻqqilarini zabt etish uchun imkoniyatlardan unumli 
foydalanyapsizlarmi? Qaysi fan, san’at, sport toʻgaraklarida ishtirok etmoqdasizlar? 
(Rassomchilik toʻgaragidagi ikkita oʻquvchilarga dars davomida xayoliy rasm 
chizdirish mumkin.) 



Oʻqituvchi: Angliya bilan Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasida qachon va qanday 
hamkorliklar olib borilmoqda?
Oʻquvchilar: 1993-yil noyabr oyida Oʻzbekiston Respublikasining birinchi 
prezidenti I.A.Karimov Buyuk Britaniyaga tashrif buyurdi va doʻstlik aloqalari 
mustahkamlandi. 
Oxirgi yillar davomida Oʻzbekistonga Buyuk Britaniyadan 50 dan ziyod 
delegatsiyalar tashrif buyurgan. 
2002-yildan Toshkentda Xalqaro westminster universiteti filiali faoliyat olib 
bormoqda. 
Kembrij universiteti bilan hamkorlikda Toshkentda yuqori texnologiyali oʻquv 
ekspremental markaz tashkil etilmoqda. 
Britaniyalik olimlar 3 ming yil oldin yashagan fir’avn Ramzes II davrida 
yashagan ruhoniyning suyak qoldiqlarini oʻrganmoqdalar.
Bugungi kunda internetdagi ma’lumotlarni 81 foizi ingliz tilida ekan. 
Ingliz tilini oʻrganish uchun tilshunos olimlarni fikrlariga qaraganda eng oson til 
boʻlib, 500 ta soʻz bilsangiz muloqotga kirishish imkoniyatiga ega boʻlasiz. 
Oʻqituvchi: Oʻzbekiston Xalqaro Islom Akademiyasining sobiq doktoranti Nigora 
Hakimova ayni kunlarda Oksford universitetining Islomshunoslik markazida Kaffol 
Shoshiyning “Mahasinu shariat” asaridagi “Islom huquqlari asoslari” mavzusida ilmiy 
tadqiqot olib bormoqda. U oʻzbek ayollari orasida Oksforddagi ilk islomshunos olima 
boʻlishga muyassar boʻldi. 
Buyuk Britaniya va Oʻzbekiston oʻrtasida savdo aylanmasi 115.9 million
AQSh dollorini tashkil etib, shundan eksport 33.5 million dollor, import 82.4 million 
AQSh dollorni tashkil etmoqda. (2020). 
Oʻqituvchi: Yurtimizda va jahonda yana qanday siyosiy jarayonlar yuz bermoqda. 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rejep Tayyip 
Erdogʻanning taklifiga binoan Turkiyaga 19-20-fevral kunlari rasmiy tashrif buyurdi. 
Sh.Mirziyoyev Turkiya Prezidenti huzuridagi Xalq kutubxonasining ochilish 
marosimida ishtirok etdi va nutq soʻzladi. 
Sh. Mirziyoyev Turkiya Prezidenti devoning Xalq kutubxonasiga 350 dan ortiq 
turli mavzudagi kitoblar sovgʻa qildi. 
Bu kitoblar orasida noyob boʻlgan “Usmon Mushafi”ning mohir hattotlarimiz 
tomonidan koʻchirilgan nusxasi ham bor. 
Oʻqituvchi: 2023-yil Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga 
murojatnomasidagi asosiy jihatlari nimalardan iborat ekanligi, ta’limga, maktabga 
qnday e’tiborli oʻzgarislar haqida soʻraladi. 

Yüklə 127,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin