Oʻzbekiston respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi



Yüklə 127,85 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/11
tarix10.12.2023
ölçüsü127,85 Kb.
#138852
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
1675056581 Angliya orta asrlar davrida. DI. Iroda Irbolayeva

II. OʻTGAN MAVZUNI MUSTAHKAMLASH 
Dastlab oʻquvchilarga uyga berilgan vazifalar tekshirilib chiqiladi. Buyuk 
Britaniyaning geoografik jihatdan 0 (nol) meridiandan boshlanadi. Shimoldan Orkney 
oroli, Shvetland, Gevrilt orollari bolan chegaradosh. 
Sharqdan Shimoliy dengiz bilan, Janubdan Lamansh boʻgʻozi bilan, Gʻarbdan 
Atlantika bilan chegaradosh. 
Janubiy sharqiy tomondan Yevropa davlatlaridan Fransiya bilan chegaradosh. 



Angliya, Germaniya va Rossiya demografik jihatdan aholini qarishi kuzatiladi. 
Sababi Angliyaning tabiiy koʻpayishi yillik hisobda 0.3 % ga toʻgʻri keladi. 
Urbanizatsiya 80%dan yuqori, 20% dan kami qishloq xoʻjaligi bilan band. 
Eng yirik shaharlari Bismengem, London, Manchester, Liverpul. Davlatni 
“qirollik” deb ataladi. Hozirgi qirol Charlz III.
Angliyada davlat boshqaruv shakli parlamentar monarxiyadir. Angliya bosh 
vaziri Rishi Sunak. Angliyada hech qachon tarixda konstitutsiya qabul qilinmagan. 
Oʻtgan mavzu 2 bosqichda mustahkamlanadi. Birinchi bosqich “Antivirus” 
metodi bunda oʻquvchilarga quyidagi tarixiy voqealar va atamalar mazmunini 
oʻqituvchi oʻqiydi ba’zilarini yillari va notoʻgʻriliklar kiritib ketiladi buni oʻquvchilar 
eshitib tinglab, notoʻgʻrisiga “virus” deb toʻgʻri javobni aytib oʻtishadi. 
 
1. 407-yilda rimliklar Britaniyani tashlab chiqib ketadilar
2. Britaniya orolida 407-yilda faqat kelt va pikt qabilalari qoldilar. (Pikt – virus). 
3. Brittlar kelt qabilalaridan boʻlib, Britaniyaning asosiy aholisi hisoblangan. 
4. Britaniya oroliga bostirib kelayotgan germanlarga qarshilik koʻrsatish Amvrosiy 
Avrelian nomi bilan bogʻliq. 
5. Amvrosiy Avrelian VII asrning boshlarida brittlarni birlashtirdi. (VI ASR TOʻGʻRI) 
6. Avrelianni dostonchilar Artorius yoki Artur deb atashgan. 
7. Istilochilar Britaniya yerlarida 10 ta qirollik tuzishadi (7 ta) 
8. Normanlar 842-yilda Londonni bosib olib, yondirib yobordilar. 
9. Buyuk Alfred Angliya tarixiga oid “Anglasakson solnomasi”ni tuzdiradi. 
10. Sharq va Gʻarb oʻrtasidagi mamlakat – Vizantiya. 
11. Vizantiya oltin puli numisma faqat ichki savdoda muomalada boʻlgan. (Toʻgʻri 
javob – Xalqaro pul boʻlgan). 
12. Alfred 879-yilda Daniyaliklar bilan tinchlik sulhini tuzadi, unga koʻra butun orol 
ikki qismga Janubiy hudud Alfredga, Shimoliy hudud skandinavlarga beriladi. 
(shimoliy hudud daniyaliklarga). 
13. Alfredga tegishli hududlar Denlo deb nomlanadi. (virus – Skandinaviyaliklarga 
tegishli hududlarga – Denlo). 
14. Alfred daniyaliklar qal’alarni qamal qilishini xush koʻrmasligini anglab, oʻz 
mulklari chegaralarida koʻplab bozorlar – burglar barpo ettiradi. (bozor-virus, 
qal’alarni)
15. Salib yurishlari 1096-1270 yillar oraligʻida boʻlib oʻtgan. 
16. Angliya bilan Fransiya oʻrtasida 1337-1453-yillarda boʻlib oʻtgan urush aslida 116-
yil toʻxtab-toʻxtab davom etgan. 
17. Angl-sakslar daniyaliklarga qarshi XI asning 40-yillarida qoʻzgʻalon koʻtarganda, 
ularga Fransiya shimolidagi Normandiya gersogi begʻaraz yordam beradi (virus –
begʻaraz emas). 
18. Angliyaning London shahridagi oʻrta asrlarda daniyaliklar qurdirgan Tauer qal’asi 
hozirgacha mavjud. (virus – daniyaliklar emas, normandlar qurdirgan.) 
19. Istilo qilingan mamlakatlarning iqtisodiy imkoniyatlarini bilish uchun ilk marotaba 
1085-yilda yer-mulk aholi roʻyhatini oʻtkazdi. (virus – 1086 toʻgʻri) 
20. 1225-yilning bahorida qirol Ioannga qarshi baronlar, ritsarlar va shaharliklar 
koʻmagida qoʻzgʻalon koʻtaradilar. (virus – 1215 toʻgʻri). 



Oʻtgan mavzuni mustahkamlashni 2 - bosqichi “Tarixiy quvlashmachoq” metodi 
boʻlib, uni quyudagicha amalga oshirish mumkin. Bu metodning mazmuni shundan 
iboratki, unda oʻquvchilar oʻtgan mavzu boʻyicha stikerga yopishtirilgan sanalar va 
raqamlar bilan bogʻliq boʻlgan voqealarni xronologik tartib bilan joylashtiradilar.
XVI asr 
1086-yil 
1154-1189-yillar 
1265-yil 
XI asrning 40-yillari 
1066-yil 
1215-yil 
1199-1216-yillar 
XII-XIII asrlar 
Javobi quyidagicha: 
XI asrning 40-yillarida angl-sakslar qoʻzgʻalon koʻtardilar. 
1066-yilda Normandiya gersogi Vilgelm qoʻshinlari Angliyaga tushdi. 
1086-yil Vilgelm Yevropada ilk marotaba yer-mulk va aholini roʻyhatga oldi. 
XII-XIII asrlardan boshlab Angliyada dehqonlar kurashi kuchaydi. 
XVI asrda Robin Gud haqida mehnatkash xalqning himoyachisi sifatida tasvirlanadi. 
1154-1189-yillar Angliyada Genrix II qirolligi davri. 
1199-1216-Ioann qirolligi davri. 
1215-Baronlar, ritsarlar va shaharliklar koʻmagida Ioannga qarshi isyon koʻtardilar. 
1265-yil Angliyada birinchi parlament chaqirildi. 
2-guruhga
Antiqa boshqotirma. Ushbu boshqotirmani tezroq bajarish uchun 
xronokrasvord javoblarining oxirgi sonlari koʻrsatib qoʻyilgan.
№ 
Ma’lumotlar 
Yillar 
1. 
Angliya Fransiyaga taklif etgan tinchlik sulhi boʻyicha 
mamlakat hududlarini 1/3 qismi inglizlarga oʻtadi. 
1360-yil 
2. 
… yilning 30-mayida Janna d’Ark Ruan shahri maydonida 
gulhanda yondiriladi. 
1431-yil 
3. 
Karl VII Fransiya qiroli (…-1461)boʻlgach mamlakat 
nufuzi oshadi. 
1422-yil 
4. 
Angliya va Fransiya oʻrtasida 100 yillik urush tugadi. 
1453-yil 
5. 
Angliyada Genrix II qirolligi davri (….-1189) moliya va 
harbiy islohatlar oʻtkazadi. 
1154-yil 
6. 
Angliyani birinchi parlamenti chaqirildi 
1265-yil 
7. 
“Dahshatli sud kitobi” nomini olgan Angliya aholisi 
roʻyxati tuzildi. 
1086-yil 
8. 
Angliya va Fransiya oʻrtasida 100 yillik urush nomini 
olgan urush boshlandi. 
1377-yil 
9. 
Fransiyaning Bove okrugida …-yil may oyida boshlangan 
dehqonlar qoʻzgʻaloni tarixda “Jakeriya” nomini oldi. 
1358-yil 
10. 
… Yili Ioann qirolligi davri boshlanadi. 
1199-yil 


10 
Oʻtgan mavzu boʻyicha oʻqituvchining xulosasi. 
Normandiya hukmdori Vilgelmning aholini roʻyhatga olishdan ma’lum 
maqsadlari bor edi. U oʻz vassallarini qancha yer-mulki borligini, qancha daromad 
olishini aniqlab, aholi soni orqali tushadigan soliqlarni tartibga solishni moʻljallagan 
edi. Bu roʻyxatga olish erkin dehqonlar toifasi-

Yüklə 127,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin