– 102 –
– 103 –
kunda dostonning Bekmurod Jo‘raboy o‘g‘li, Xushboq
Mardonaqul o‘g‘li, Berdi baxshi (Berdiyor Pirimqul o‘g‘li),
Saidmurod Panoh o‘g‘li, Po‘lkan va Ergash Jumanbulbul
o‘g‘li variantlari nashr etilgan. Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li aytgan
doston esa bir necha marta ustoz H.Zarifov va T.Mirzayev
nashrga tayyorlagan shaklda e’lon qilindi.
Qabila, urug‘, elat tarixda alohida xalq sifatida shakllanar
ekan, bu jarayon, avvalo, qahramonlik eposi
hisoblangan
maxsus yirik, epik asarda badiiy ifodasini topadi. Doston
mazmunida Amu yoqasida yashagan aholi tarixiga oid
juda ko‘p lavhalar aks etgan. Qahramonlarning o‘zaro
munosabatlari: ota – o‘g‘il; ota – qiz; ona – o‘g‘il; ona – qiz;
aka – uka; er – xotin; yurtni boshqaruvchi – el; oilaviy burch,
farzand burchi, el oldidagi burch, vatan oldidagi burch va
boshqa yo‘nalishlarda moddama-modda aniq tarzda ifodasini
topgan.
Natijada, doston shunchaki tinglovchining vaqtini
o‘tkazish uchun yaratilgan ermak emas, xalq qahramonlik
eposiga yuklatiladigan vazifani bajaruvchi asarligi ravshan
bo‘lib qoladi.
Dostonning tinglovchi e’tiborini o‘ziga jalb etuvchi
nuqtasi baxshi tomonidan hikoya qilinadigan dastlabki
voqealar bayonidan boshlanadi. Shoir qadimgi o‘n olti urug‘
Qo‘ng‘irot elida Dobonbiy, Alpinbiy, Boybo‘ri, Boysari
biylar (urug‘ boshliqlari) o‘tganini hikoya qiladi. Demak,
aka-uka Boybo‘ri va Boysarigacha Boysun-Qo‘ng‘irot
elatidagi hayot bir maromda favqulodda hodisalarsiz kechgan
ekan. Ammo Boybo‘ri
va Boysariga kelganda, ular farzand
ko‘rmadilar. Mana shu holatning o‘zi bizga «endi nimadir
bo‘ladi» degan xabarni berayotgandek tuyuladi. Bundan
keyingi hayotda muayyan o‘zgarishlar bo‘lishiga farzand
yo‘qligi bilan tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Chunki xalqimizda
uzoq kutilgan yoki Yaratgandan tilab-tilab olingan farzand
– 103 –
hamisha favqulodda ro‘y beradigan yangiliklardan xabar
beruvchi omil sifatida baholanadi.
Doston matnini o‘qir ekanmiz, xalq og‘zaki ijodidagi
epik asarlarga xos xususiyatlardan biri – farzandning
yetishmovchiligi pirovardida xursandchilik bilan
yakunlanishiga guvoh bo‘lamiz. Asarni
yaratishdan nazarda
tutilgan bosh maqsad farzand dunyoga kelganidan keyin
boshlanadi. «Alpomish»da ham Boybo‘ri o‘g‘il va qiz ko‘rdi,
Boysari qizli bo‘ldi. Ana shu yangilikdan so‘ng qahramonlik
eposi o‘z zimmasiga yuklatilgan ijtimoiy vazifani bajarishga
kirishadi. Taniqli olimlar V.M.Jirmunskiy va H.T.Zarifov bu
vazifani qabila urug‘chilik munosabatlarining yemirilishi va
mamlakatni boshqaruvchi davlat tizimining vujudga kelishi
bilan bog‘laydilar. Bu g‘oya keyinchalik M.Saidov tomonidan
rivojlantirildi. Olimning fikricha, mamlakatni boshqaruvchi
davlatni vujudga keltirish g‘oyasi jamiyat yoshlari Hakimbek,
Qaldirg‘och, Barchin tomonidan ilgari suriladi. Alpomish
tug‘ilgunga qadar totuv yashayotgan el endilikda ikkiga
bo‘linadi. Endi Alpomish zimmasida bo‘lingan aholini o‘z
harakati bilan birlashtirish vazifasi turadi. Bu vazifani bajarish
uchun Alpomish Qalmoq yurtiga safar qilishi va musofirlikda
yashayotgan yurtdoshlarini Boysun-Qo‘ng‘irotga
qaytarishi
kerak. Mazkur maqsadni amalga oshirish rejasi baxshi
tomonidan juda asosli tuzilgan: Barchinga qalmoq alplari
sovchi qo‘yishadi. Barchin xat yozib, Alpomishni Qalmoqqa
chaqiradi. Ammo Boybo‘ri o‘g‘lining o‘zga yurtga safar
qilishini istamaydi. U maktubni sandiqqa yashirdi. Ana shu
sabab bilan doston voqealarining faol rivojlanishi Qaldirg‘och
harakatiga bog‘lanadi. Uning
tashabbusi bilan Alpomish
qo‘riq vositasida Boychiborga ega bo‘ladi va otasining
ixtiyoriga qarama-qarshi ravishda Barchinga uylanish uchun
Qalmoqqa jo‘naydi. Qalmoqda esa uni katta sinov kutayotgan