– 107 –
ko‘rsatkichi edi. Shu nuqtadan boshlab charxning Boysun-
Qo‘ng‘irot qismi tepaga ko‘tariladi. Kashal bo‘lagi quyiga
inadi. Alpomish Barchin talabida Kashalga
borgan vaqti esa
Toychixon mamlakatida tanazzul buhroni avj nuqtasiga yaqin
kelgan edi.
Har doim etnos tanazzulga kelgan davrda hokimiyat
boshida turgan shaxs yetovda qoladi. Mamlakat jilovi bir
necha kishi qo‘liga o‘tadi. Podsholikda rasmiy va norasmiy
kuchning so‘zi barobar yuradi. Ko‘p hollarda norasmiy
kuchning so‘zi bosim keladi. Toychixon mamlakatning rasman
hukmdori bo‘lsa-da, amaldagi kuch to‘qson alp tomonida.
To‘qson alpning o‘dag‘asi yetti aka-uka alp va ularni orqa
qilib «qonundan tashqari» turgan
Surxayil kampirning ham
so‘zi – o‘ktam. Tanazzulni tutib bo‘lmaydi. Uni bir kishi, bir
avlod hosil qilmaydi. Aksincha, bir necha avlodlar a’moli
tug‘diradi(sust-faol-sust. Bo‘g‘in bo‘g‘imlarining davriy
almashinuvi) – etnosning gunoh-u savobiga, karmasiga qarab
yuzaga chiqadi.
Qalmoq mamlakatida kuchlarning bo‘lingani Barchin
uchun bo‘lgan kurash – to‘rt shartning
bajarilish jarayonida
ro‘y-rost yuz ko‘rsatdi. Poygada Boysun-Qo‘ng‘irot bilan
Kashalning quvvati sinovdan o‘tadi. Avvalo, poygada
Qorajon Alpomish taraf, qolgan alplar o‘z boshiga, Toychixon
nomidan uch ot qatnashadi. Sirtdan qaralsa, qalmoqlar o‘z-
o‘zlari bilan talashib-tortishayotganday taassurot qoladi.
Ayni shu nuqtada tanazzulni boshidan kechirayotgan
etnos va bu etnosning tanazzul chekiga tushgan avlodi taqdiri,
ularning turli toifa va sotsial guruhlarning ruhiy-siyosiy
holatlari, missiya, vazifalari aniqlashadi.
Eposda bu jarayon Kashal etnosining quyidagi tiplari
orqali berilgan. I guruh: a) Toychixon; b) Surxayil kampir; d)
Ko‘kal dosh; e) To‘qson alp. II guruh: a) Qorajon. b) Tovka