– 161 –
lirika: mehnat qo‘shiqlari, allalar, termalar, ishqiy-maishiy
qo‘shiqlar va d) bolalar folkloridagi lirik qo‘shiqlarga bo‘ladi.
Bu tasnifni boshqa tasniflarga qaraganda nisbatan mukammal
deyish mumkin. Biroq bu o‘rinda mavsum marosim bilan
bog‘liq qo‘shiqlar e’tibordan chetda qolmoqda. M.Alaviya
tasnifiga kelsak, unda oilaviy marosim qo‘shiqlariga o‘rin
ajratilmagan. Mehr baytlari esa umuman xalq qo‘shiqlarining
tasnifi doirasiga kirmaydi. F.Karomatov tasnifida ko‘pgina
noaniqliklar ko‘zga tashlanadi. Birinchidan, maishiy va
oilaviy marosim deb ajratilishida noaniqlik mavjud.
Chunki
oilaviy marosimlar maishiy xususiyati bilan ajralib turadi.
Ikkinchidan, sotsial-norozilik qo‘shiqlar deyish ham tasnifda
chalkashlikka olib keladi.
Turkiyalik olimlar Abdurahmon Gözal va Ali Turinlar
turku(qo‘shiq)larni: 1) mavzusiga ko‘ra va 2) qurilishiga
ko‘ra deb ikki guruhga ajaratadi.
1
Qardosh qoraqalpoq mutaxassislari qo‘shiqlarni besh
turga: 1) mavsum qo‘shiqlari, 2) to‘y qo‘shiqlari, 3) motam
qo‘shiqlari, 4) cho‘pon qo‘shiqlari va 5) diniy qo‘shiqlarga
bo‘lishgan.
2
Sibir xalqlari turkiy xalqlarida qo‘shiqlar
musiqaga
munosabatiga qarab tasnif etilgan. Tuvalik follkorshunos Z.K.
Kirgis qo‘shiqlarni: 1. Uzun irlar, 2.Qisqa irlar, 3. Naqarot
(kojamiktar)larga bo‘ladi.
Qo‘shiqlarning tasnifi masalasida
xorijlik olimlarning
ham fikri turlicha. Ayrimlari qo‘shiqlarning ijro etilishi holati
va musiqiyligiga qarab tasnif etilish kerak desa,
ayrimlari
ijro o‘rniga qarab tasniflash lozim deyishadi. Ayrim olimlar
qo‘shiqning ma’lum bir turi yuzasidan fikr bildirsa, boshqasi
boshqa bir tur xususiyatidan kelib chiqib,
fikr yurit
adilar.
1
Abdurahman G
üzel, Ali Torun. Türk Halk Edebyatı
El kitab
ı. – Ankara: Akçag,
2003. – S.169.
2
Qarang: Qoraqalpoq folklori ocherklari. – Toshkent: Fan, 1977. – B.130-142;
Ayimbetov Q. Qoraqalpoq folklori. – Nukus, 1977. – B.24-40.