Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat



Yüklə 4,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə92/131
tarix10.12.2023
ölçüsü4,73 Mb.
#139243
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   131
O\'zbek folklori P

O‘lan ham, lapar
ham qadimda to‘y kuni, qiz uzatish 
marosimida aytilgan.
1
Qiz va yigitlar tarafma-taraf bo‘lib 
shod-u xurramligini, baxtiyorligi yoxud afsus-nadomatini, 
xullas, kechinmalarini qo‘shiq orqali ifoda etishgan. 
Har ikkalasi ham aytishuvga, ya’ni qiz va yigitning so‘z 
musobaqasiga asoslanadi. Faqat laparlarda voqeabandlik 
kuzatilsa, o‘lanlarda bu holat kuzatilmaydi. Bugungi kunda 
o‘lan ham, lapar ham istalgan sharoitda, istalgan joyda 
ijro etilishi mumkin. O‘lanlar, asosan, chorvachilik bilan 
shug‘ullangan, ko‘chmanchi hayot kechirgan urug‘lar orasida 
uchrasa, laparlar ko‘proq o‘troqlashgan hayot tarziga mosligi 
ko‘zga tashlanadi. 
Poetik strukturasiga ko‘ra tasnifda
qo‘shiqlar 
ohangini, ya’ni yo‘lini naqarotlar va takrorlar belgilab beradi. 
Qo‘shiqlar ohang yo‘liga qarab farqlanganda ikki holatni 
kuzatamiz. Birinchi holat to‘rtliklar erkin holda birikib, har 
bir to‘rtlik individual bir kechinmani aks ettiradi va o‘ziga 
xos kompozitsion qurilmaga ega bo‘ladi. Ikkinchisi qo‘shiq 
matnidagi to‘rtliklar o‘zaro birlashib, ma’lum bir voqeani 
yoxud kechinmani ifodalab keladi. Qo‘shiqlar ohang yo‘liga 
ko‘rab farqlanganda ular, asosan, ikkita katta guruhga ajraladi: 
1
Fuad Ko‘pruli o‘lanni to‘y marosimlarda ijro etiladigan qo‘shiqlar deb ta’
riflaydi. 
Qarang: Fuad Köprülü. Edebiyat araştı
rmalar
ı
. – Istanbul
: Ö
t
ü
ken, 1989. – S.114. 


– 166 –
– 167 –
b) voqeaband bo‘lmagan – to‘rtlik qo‘shiqlar. 
a) voqeaband – to‘rtlik qo‘shiqlar. 
Voqeaband qo‘shiqlarda yuqorida ta’kidlaganimizdek, 
har bir to‘rtliklar ma’lum bir voqea bilan o‘zaro birikib keladi. 
Bu yerda to‘rtliklarning ketma-ketligi turg‘un holatga kelib, 
voqeabandlik hosil bo‘ladi. 
Voqeabandlik masalasiga olimlarning qarashlari turlicha. 
Ayrim olimlar voqeabandlik (syujet) barcha qo‘shiqlarga xos 
desa
1
, boshqa olimlar butunlay teskarisini, ya’ni syujetlilik 
qo‘shiqlarga xos emasligini uqtirishadi.
2
Har ikki qarashga 
ham qo‘shilib bo‘lmaydi. Birinchidan, syujet hamma 
qo‘shiqlarda ham uchrayvermaydi. Biz tahlilga tortgan 
qo‘shiqlarning asosiy qismi voqeaband emas, ya’ni syujetga 
ega bo‘lmagan qo‘shiqlardir. Bundan syujet qo‘shiqlarga xos 
emas, degan fikr kelib chiqmaydi. Shunday qo‘shiq namunalari 
borki, ularda voqeabandlik ustunlik qiladi. Bunday qo‘shiqlar 
ma’lum bir syujet asosiga quriladi va matndagi satrlar ushbu 
voqeani ifodalab keladi. 
Misol uchun: 
Oqti, oqti, oqti
Aminaxon oqti.
Hasan-Husanlar bilan, 
Soylarga botdi.
Uni ko‘rib onasi 
Bilagidan tortdi.
«Tortmang, onajon, tortmang», 
Deb soyga oqdi.
1
Акимова Т.М. О поэтической природе народний лирической песне. – 
Саратов, 1966. – С.9–11. 
2
Тимофеев Л.И. Лирика // Краткое литературная энциклопедия. –М.:1967. 
Т.4. – С.210. 


– 167 –
Aminaning kovushini
Soylardan topdi.
Qilgan sayohatlari 
Qon bo‘lib oqti.
G‘isht ko‘prik tagida
Uch kuncha yotti.
Chilvir-chilvir sochlari, 
Balchiqqa botdi.
Yalli, yalli, yalli, 
Yallining boshi.
Aminaxonning yoniga botgan
Soylarning toshi. 
Bu qo‘shiqda Aminaxon ismli qiz balog‘at yoshiga yetib, 
bir yigitning yolg‘on va’dasiga ishonib, homilador bo‘lib 
qolgani, onasi bilib qolgach, qiz nomusiga chiday olmasdan 
o‘z joniga qasd qilgani, uch kundan keyin uning jasadini 
ko‘prik tagidan topib olingani hikoya qilinmoqda. 

Yüklə 4,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin