– 163 –
qora deydilar», «Kichkinajon – kichkina»,
bolalarning
«Boychechak», «Chuchvara qaynaydi», «Oftob chiqdi
olamga» qo‘shiqlari ana shular jumlasidandir. Bu qo‘shiqlar
dastlab faqat mavsum marosimida ijro etilgan. «Qoshingni
qora deydilar», «Kichkinajon kichkina», «Boychechak»
bevosita Navro‘z, ya’ni bahorgi marosim bilan bog‘liq.
Oilaviy-maishiy marosim qo‘shiqlari safiga to‘y,
farzandning tug‘ilishi, xatna to‘yi va nikoh to‘yi, motam-
marosimi bilan bog‘liq yig‘i-yo‘qlov, motam yor-yorlari
va shomon aytimlari bilan bog‘liq kinna,
badikni kiritish
mumkin.
Nomarosim qo‘shiqlari esa, asosan, lirik qo‘shiqlardan
tashkil topgan bo‘lib, marosim qo‘shiqlaridan farqlanib
turadigan jihati ularning biror-bir marosim bilan maxsus
bog‘lanmaganligi, istalgan paytda, istagan joyda aytilishidir.
Bu yo‘nalishdagi qo‘shiqlar:
1. Mehnat qo‘shiqlari.
2. Tarixiy qo‘shiqlar.
3. Termalar.
4. Bolalar qo‘shiqlari: allalar, huyalar, bolalarning o‘zi
tomonidan kuylanadigan qo‘shiqlar.
5. Lirik qo‘shiqlar.
Mutaxassislar mehnat qo‘shiqlarini xalq
lirikasining eng
qadimiy janrlaridan biri sifatida bilishadi. Mehnat qo‘shiqlari
ham qachonlardan maxsus marosimlar tarkibida ijro etilgan.
Keyinchalik davrlar o‘tishi bilan marosim unutilib, faqat
qo‘shiq matni qolgan. Misol uchun qo‘sh, o‘rim,
oblo baraka,
ho‘p mayda, yorg‘ichoq qo‘shiqlarini olaylik. Qadimda qo‘sh
haydash ham, o‘rim ham, oblo baraka ham maxsus marosim
sanalgan.
Mehnat qo‘shiqlarining o‘zi ko‘plab: a) dehqonchilik
bilan bog‘liq qo‘shiqlar (qo‘sh, oblo baraka, yorg‘ichoq