13-mavzu. Yong‘in xavfsizligi asoslari. Yong‘in xavfsizligiga umumiy talablar. Reja


Ishlab chiqarishni portlash va yong‘in xavfliligi bо‘yicha kategoriyalari



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/9
tarix10.12.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#139246
1   2   3   4   5   6   7   8   9
13 mavzu Yong‘in xavfsizligi asoslari Yong‘in xavfsizligiga um

Ishlab chiqarishni portlash va yong‘in xavfliligi bо‘yicha kategoriyalari.
Ishlab chiqarish unda ishlatiladigan yoki saqlanadigan moddiylarning yonish xususiyati
bо‘yicha 6 ta kategoriyaga ajratiladi va ular - A, B, V, G, D, YE kо‘rinishlarida shartli
belgilanadi.
A-kategoriyadagi ishlab chiqarish, portlash-yonishga xavfli ishlab chiqarish
bо‘lib, unga bug‘larining alangalanish harorati 28°S dan kam bо‘lgan va havo tarkibida
10 % gacha portlashga xavfli havo yoki moddiylar bо‘lgan hamda suv, kislorod, havo yoki
о‘zaro ta’sirda alangalanuvchi moddiylar ishlatiladigan ishlab chiqarish kiradi.
B-kategoriya - portlash-yonishga xavfli ishlab chiqarish. Bunga bug‘larining
alangalanish harorati 28 dan 61°S gacha bо‘lgan suyuqliklar. Havo tarkibida 10 % gacha
portlashga xavfli siqilgan gaz, changlar bо‘lgan, shuningdek 5 % gacha pastki portlash
miqdori N
pv
>65 g/m
3
bо‘lgan changlar mavjud ishlab chiqarishlar kiradi.
V-kategoriya – yonishga xavfli ishlab chiqarish, alangalanish harorati 61°S dan
yuqori bо‘lgan suyuqliklar ishlatiladigan va N
pe
>65 g/m
3
miqdordagi yonuvchi chang,
gazlar mavjud havo muhiti bо‘lgan, shuningdek qattiq yonuvchi moddiylar ishlatiladigan
ishlab chiqarishlardir.
G-kategoriya - yong‘inga xavfli ishlab chiqarish. Yonmaydigan moddiylarga issiqlik
yoki alanga ta’sirida ishlov berish kо‘llaniladigan ishlab chiqarish.
D-kategoriya - yong‘inga va portlashga xavfsiz ishlab chiqarish. Bunda
yonmaydigan moddiylarga sovuq holatda ishlov beriladi (yigish, ajratish, yuvish sexlari).
YE-kategoriya – portlashga xavfli ishlab chiqarish. Yonuvchi gaz va bino
hajmining 5 % miqdorida portlashga moyil changlar bо‘lgan ishlab chiqarish. Bunday
muhitda yong‘insiz portlash sodir bо‘ladi.
Yong‘in xavfli zonalar.
Yong‘in xavfli zonalar - bu binoning yoki ochiq
maydonning yonuvchi moddalar saqlanadigan qismidir. Ular 4 sinfga bо‘linadi, ya’ni P-I, P-
II, P-IIa va P- III.
P-I sinfdagi zonaga gaz va bug‘larning 61
0
C dan yuqori haroratda portlash
ehtimoli bor suyuqliklar saqlanadigan binolar kiradi.
P-II sinfdagi zonalarga - yonishga moyil chang va gazlar ajralib chiqadigan ishlab
chiqarish binolari kiradi;
P-IIa sinfidagi zona esa - qattiq va tolasimon yonuvchi moddiylar ishla- tiladigan
ishlab chiqarish binolaridir;
P-III zonaga-qattiq yonuvchi moddiylar ishlatiladigan yoki saqlanadigan hamda
bug‘larining portlash harorati 61°S dan yuqori bо‘lgan suyuqliklar ishlatiladigan yoki
saqlanadigan ishlab chiqarish binolari va maydonlari kiradi.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin