91
bilan ishlov berilganda archa zararkunandalariga qarshi
kurashda ishlatiladigan
zaharli kimyoviy vositalar ishlatiladi.
Qarag’ay turlarining zang kasalligi. Bu kasallikni xrizoliks avlodiga mansub
bo‘lgan zang zamburug’lari keltirib chiqaradi. Bular ichida har xil xo‘jayinli
(rivojlanish bosqichlari bir nechta o‘simliklarda kechadigan) va bir xo‘jayinli zang
zamburug’lari mavjud va hamma bosqichlari bitta o‘simlikda rivojlanadi.
Zang zamburug’i bilan qarag’ay turlarining nina barglari, novdasi va
qubbalari kasallanadi. Bahorda nina barglarda zamburug’lar rivojlanib yostiqsimon
ko‘rinishdagi to‘q sariq tusdagi spora hosil qiladilar.
Zararlangan nina barglar
quriydi, kasallangan o‘simliklarning o‘sishi sekinlashadi.
Xrizomiks deformans zamburug’ini tleyto sporalarining ta’siri natijasida
qarag’ay novdalarining o‘sishi sekinlashib qisqaradi, nina barglari esa to‘q
sariq
tusga kiradi. Vaqt o‘tishi bilan kasallangan novdalar qorayib nobud bo‘ladi.
Zang zamburug’i bilan qarag’ayning qubbalari ham zararlanadi. Kasallangan
qubbalarni tangachalari ochilgan, zamburug’ning sharsimon sariq estidiyasi ko‘rinib
turadi. Zang zamburug’ining qolgan bosqichlari shumurtning bargida rivojlanadi.
Kasallik urug’larining sifati va miqdoriga salbiy ta’sir qilib katta zarar
keltiradi. Zararlangan qubbalarda urug’lar rivojlanmaydi, natijada urug’larning unib
chiqishi past bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: