qilish — Yer yuzida yagona xalifalik o ‘m atishni o ‘z oldiga rnaqsad qilib
q o ‘ygan aqidaparastlar an ’anaviy axloqiy qadriyatlardan yuz o ‘girganlari
uchun ham ana shunday xato yo‘lga qadam q o ‘ydilar. Biz ularni
Mavlono Jaloliddin Rumiy hazratlarining quyidagi so‘zlari bilan insofga
chaqirmoqchimiz: «Siz qanday qilib dinni bir qilasiz?
Bu faqat qiyomatda
mum kin. Bu yer dunyodir va shuning uchun ham dinning bir b o ‘lishi
m um kin emas. Chunki bu yerda ularning turli-tum an istagi va tilagi
bordir. Din dunyoda birlasholm aydi, faqat qiyom atda bir b o ia d i.
Qiyomatda ularning hammasi birlashadi, bir quloq, bir til holiga keladi»1.
Nafaqat diniy e ’tiqod, balki barcha m a’naviy
hodisalar shaxsdan
axloqiylikni talab etadi. Yana bir misol tariqasida fanni olib ko‘raylik.
U ning axloqiy qadriyatlardan muxtorligi, «sof»ligi haqidagi gaplar
m ohiyatan
mantiqiylikdan yiroq, puch ekanini ikki jaho n urushini
boshidan kechirgan insoniyat yaxshi tushunib oldi. «M ening vazifam -
kashfiyot, u yog‘i bilan ishim yo‘q» qabilidagi yondashuv olim uchun
axloqsizlik va jinoyat ekanini ilm ahli e ’tiro f etdi va etmoqda. «U rush,
— deb yozadi alloma V.I.
Vernadskiy, — fanning holatiga m uqarrar
ta ’sir ko‘rsatgan chuqur asorat qoldirdi. Ulardan bid — jahon olimlarining
o'zlari faol ishtirok qilgan mislsiz va dahshatli shafqatsizliklarni his
etishlari bilan bogMiq bo‘lgan teran axloqiy iztiroblardir. ...
Fanning
axloqiyligi masalasi, olim uchun axloqning diniy,
davlat shaklidagi yoki
falsafiy ko‘rinishidan qat’i nazar, kun tartibiga chiqmoqda. U faol amaliy
kuch b o ‘lib bormoqda va u bilan borgan sari ko‘proq hisoblashishga
to ‘g ‘ri kelyapti»2.
Biz yuqorida axloqning boshqa m a’naviy
hodisalar bilan aloqalari
haqida to ‘xtalib o ‘tganim iz uchun yana m isollarga m urojaat qilib
o'tirm aym iz. Xulosa shuki, axloq m ehvarida aylanm agan m a ’naviy
hodisalar o ‘z m a’naviylik kuchini yo‘qotadi,
insoniyat uchun keraksiz
va hatto zararli voqelikka aylanadi. Shu sababli axloqqa «ha, endi
shunchaki axloq-da, biror-bir muhim kasbmidi u» deb, axloqshunoslikka
esa «kichkinagina fan», asosiy kasb haqidagi fanlarning rizqini yarim ta
qiladigan ikkinchi darajali kurs sifatida qarash «bir miri hayon — uch
m iri ziyon» degan xalq maqolini eslatadigan kaltabinlikdir. S ho‘rolar
Dostları ilə paylaş: