shakllanishida ulkan xizm at k o ‘rsatadilar.
U lar o rq ali kitobxon
tarbiyalanuvchi sifatida ezgulik va yovuzlik nimaligini badiiy idrok etadi;
ideal tanlashda ham ularning ahamiyati katta. Bundan tashqari, badiiy
adabiyotning bevosita axloqiy tarbiyaga m o ‘ljallangan hikoyatlar,
rivoyatlar va nasihatlar majmualari borki, biz ulami, aw al aytganimizdek,
p an d n o m alar deb ataym iz: «K alila va D im na», «Q o b u sno m a» ,
«Guliston», «Zarbulmasal» singari bunday m um toz asarlar a n ’anaviy
axloqiy tarbiya vositasi sifatida necha asrlardan buyon qanchadan qancha
avlodlarga xizmat qilib keldi, bundan buyon ham shunday b o ‘lib qolajak.
Axloqiy tarbiyaning barcha zam onlar uchun dolzarb b o ‘lgan yo‘li,
bu — namunaviylik tamoyili. Oilada, aw alo, yuqorida aytilganidek,
ota-ona bolaga axloqiy nam una bo'lishi kerak. M aktabda va oliy o ‘quv
yurtida muallimlarning ta ’lim
berish usullaridan tortib, to «mayda-
chuyda» xatti-harakatlarigacha o ‘z shogirdlari to m o n id an shaxsiy
namuna tarzida qabul qilinishini nazardan qochirmaslik lozim. Ustoz-
shogirdlik m unosabatlaridagi m uom ala odobi, halollik, rostgo‘ylik
yoshlar axloqiy tarbiyasi shakllanishini ta ’minlovchi om illardandir.
Hoziigi paytda axloqiy tarbiyaning eng kuchli zamonaviy vositasi sifatida
televideniyeni keltirish mumkin. U deyarli barcha san’at turlarida yaratilgan
asarlarni ekranlashtirish va ekranda ko‘rsatish imkoniga ega.
Bundan
tashqari, unda maxsus axloqiy tarbiyaga bag‘ishlangan m untazam
ко rsatuvlar ham berib boriladi. 0 ‘zbek tilidagi «Otalar so‘zi — aqlning
ко zi», «Rivoyat», «Oqshom ertaklari» singari ko'rsatuvlar bunga misol
bo‘la oladi. Shu bois televideniye hech qachon yengiltaklikni targ‘ib etuvchi
qo shiqlar, salkam pomografik reklamalar, inson qalbini qattiqlashtiradigan
«о ldir-o Idir»lardan iborat seriallar korxonasi bo‘lib qolmasligi kerak.
Axloqiy tarbiya aslida axloqiy madaniyatning o ‘zagini tashkil etadi,
biz ко
rib о tgan muom ala odobi, etiket, kasbiy odob singari axloqiy
xatti-harakatlar uchun asos vazifasini o ‘taydi. Biroq u o ‘zini yetarli
namoyon qilishi uchun ta ’lim bilan doimiy aloqada b o ‘lishi shart.
Shuning uchun biz ko‘pincha «ta’lim-tarbiya» degan qo'shaloq atam ani
qo‘llaymiz. T a’lim -tarbiyada tarbiyalanuvchiga bola deb em as, b o ‘lajak
kom il inson deb q arash m u him . Shu o ‘rin d a P re z id e n t Islom
Karimovning quyidagi gaplari bag‘oyat diqqatga sazovor:
«Buning uchun har qaysi ota-ona, ustoz
va murabbiy h ar bir bola
timsolida aw alo shaxsni ko‘rishi zarur. Ana shu oddiy talabdan kelib
chiqqan holda, farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga
ega bo lgan, ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga yetkazish -
www.ziyouz.com kutubxonasi
ta ’lim-tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bo‘lishi lozim, deb
qabul qilishimiz kerak. Bu esa ta ’lim va tarbiya ishini uyg‘un holda
olib borishni talab etadi»1.
Shunday qilib, axloqiy tarbiyaning aqliy-ma’naviy va jismoniy tarbiya
bilan qo‘shib olib borilishi maqsadga muvofiq. 0 ‘shanda jamiyatimiz
h a r jih a td a n k a m o l to p g a n fu q a r o lik ja m iy a tig a a y la n a d i.
Mamlakatimizda buning uchun barcha huquqiy-ijtimoiy shart-sharoitlar
yaratilgan.
Dostları ilə paylaş: