axloqiylik — ichki e ’tiqod
bilan yakdillik, degan fikringizni ta n
olmayman. Bu bor — yo‘g‘i halollik, lekin axloqiylik emas,
men uchun
axloqiy namuna va ideal bitta — Iso. Aytingchi, u kofirlarni yoqqan
bo‘larmidi? Yo‘q. Demak, kofirlarni o‘tda yoqish axloqsiz qilm ishdir»1.
Dostoyevskiy nazdida axloqiylik har bir inson his qilgan go‘zallik va
shu go‘zallik tajassum topgan idealdan iboratdir. Insonning xatti-harakati
ba’zan halol bo‘lsa ham , lekin uning qilmishini
axloqsizlik deb baholash
mumkin, zero, m a’lum bir paytlarda o ‘z e ’tiqodiga amal qilgandan
ko‘ra, unga amal qilmaslik insonning axloqiyligini belgilaydi.
Dostoyevskiy huquqiylikka emas, axloqiylikka e ’tiborni k o ‘proq
qaratish lozimligini ta ’kidlaydi. Hakam fuqaroni mahkamaga tortar ekan,
uning asl qiyofasini ko‘rmaydi. Zero, qonun
insondagi barcha nozik
tom onlarni qamrab ololmaydi. Shunday jinoyatlar ham borki, ular
yerdagi hakam uchun q o ‘l yetmasdir. Yagona hakam insonning vijdoni,
ya’ni uning botinida hukm chiqaruvchi Xudodir.
Shuni ham aytish kerakki, buyuk rus
mutafakkir yozuvchisi bilan
Nitshe qarashlarida ancha-m uncha yaqinlik bor. C hunonchi, N itshe
Dostoyevskiyni hali o ‘qimagan paytlaridayoq unga ham ohang flkrlar
bildirgan. Xususan, ikkala mutafakkirning sotsializm borasidagi qarashlari
deyarli bir xil. «Sotsializm, —
deydi Dostoyevskiy, — insonga nisbatan
hurmatsizlikka asoslangan... Sotsialchilar insonni qaytadan dunyoga
keltirm oqchi, uni ozod qilm oqchi, uni
Xudosiz va oilasiz taq dim
etishmoqchi. Ular insonning iqtisodiy turm ushini zo'ravonlik bilan
o ‘zgartirish orqali maqsadga erishish mumkin deb hisoblaydilar. Biroq,
inson tashqi sabablardan emas, balki faqat ichki alm ashinuvlardangina
o ‘zgarishi m um kin»2. Y ozuvchi-axloqshunos kom m unizm ni g ‘irt
bem a’nilik deb ataydi. Chunki inson o ‘z shaxsini yo‘qotadigan,
h atto
biror-bir ezgu tashabbusni amalga oshirish im konini ham undan tortib
oladigan jamiyatda yashash mumkin emas.
Dostoyevskiy badiiy asarlarida qoniqmaslik o ‘tida yongan, ayni paytda
ommadan ajralib qolgan yolg‘iz odamning fikr-o‘ylari va qalbini sezgirlik
bilan, dadil tahlil etadi. Bunday odam qalbining q a’rida nafaqat yangi
dunyo yaratish istagi — y o ru g 1, sururiy o rzu largina em as, balki
Dostları ilə paylaş: