Umuman olganda, Solovyov
odamlarni yaxshi va yomonga, shafiq
va yovuzga ajratishni ilmiy nuqtayi nazardan xato, insoniylik nuqtayi
nazaridan
esa nohaqlik deb biladi; insonni yaxlit va birato‘lasi axloqiy
baholash mumkin emas, uning muayyan fe’l-atvoriga, qilmishiga qarab
baho berish lozimligini ta ’kidlaydi.
Vladimir Solovyovning axloqiy ta ’limoti, teran fikrlari axloq falsafasi
bilan shug‘ullangan mutafakkirlarning bir necha avlodiga dasturulamal
bo‘ldi, hozir ham donishmandlikning yuksak namunasi sifatida tafakkur
ahlining diqqat markazidadir.
Rus mumtoz axloqshunosligining
yirik vakillaridan biri
Nikolay
Onufriyevich Losskiydir
(1870—1965). Uning axloqiy qarashlari asosan
«Ixtiyor erkinligi» (1927) va, ayniqsa, «Mutlaq ezgulikning sharti» (1949)
asarlarida keng ifodasini topgan.
N ikolay Losskiy axloqiy ta ’lim otini b ir so‘z bilan m utlaqlik
axloqshunosligi deyish mum kin. U ning fikriga ko‘ra, qadriyatlar
olamining asosi — Xudoning dargohi, oliy qadriyat esa — Xudo.
Lekin
faylasuf nafaqat mutlaq, balki nisbiy qadriyatlarni ham tan oladi, biroq
ularning teng emasligini ta ’kidlaydi.
Mutlaq qadriyatlarni qandaydir ibtidodan keltirib chiqarish vositasida
isbotlab bo‘lmaydi, ular isbotsiz, bevosita intuitsiya (savqi tabiiy),
ruhiy
yetishish orqali anglanadi. Ilohni — mutlaq, ibtidosiz va intihosiz axloqiy
qadriyat — butun koinotning yagona maqsadi sifatida taqdim etadi.
Natijada faylasuf, birinchidan, kelajakda ezgulikni yovuzlik ustidan to ‘liq
g‘alabaga erishishini ham da ezgulikning insoniyat taraqqiyotidagi barcha
tarixiy kuchlardan yuksak, yengib bo‘lmas tabiatga ega ekanini e ’tiro f
qiladi. Ikkinchidan, Losskiy axloqiy qadriyatni mutlaq, ichdan «sof»,
qandaydir chetki «qo‘shimchalar»dan xoli, deb hisoblaydi. «Mutlaq
ijobiy qadriyat o ‘z -o ‘zidagi,
oqlangan qadriyat, demakki, qat’iy, har
qanday nuqtayi nazardan, har qanday holatda va har qanday subyekt
uchun ezgulik tabiatiga ega qadriyatdir; u nafaqat o ‘z-o‘zicha
doimo
ezgulik bo‘ladi, balki uning oqibati ham hech qachon o ‘zida yovuzlikni
mujassam etmaydi», — deydi u 1. Uchinchidan, mutafakkir real hayotda,
olamda mutlaq qadriyatlar tantanasini bashorat qiladi;
to ungacha esa
ular mutlaq komillikning ideali sifatida namoyon bo‘ladi. Shu bois
ham Losskiy yovuzlik va ezgulikning mavjudligi haqida mana bunday
Dostları ilə paylaş: