jo‘n emasligini, ularda ekzistensiyacha dialektika borligini ta ’kidlaydi.
Zero, yuqorida aytilganidek, ezgulik yovuzlikka aylanishi mumkin. Lekin,
shuning barobarida, yovuzlik ham ezgulik bo'lib qayta tug‘iladi. Ya’ni,
inson agar barcha im koniyatlar sinovidan o ‘tsa, ezgulik va yovuzlik
tajribalarini boshdan kechirsa, u holda yovuzlikning o ‘zi ezgulikning
dialektik ibtidosi bo‘lib qoladi. Hegel aytganidek, salbiy hodisalardan
o ‘tilgach, navbatda faqat ijobiy bosqich qoladi. Shunday qilib, hatto
dahriylik Xudoni bilishning dialektik ibtidosiga aylanadi. Bu dahriylik,
mohiyatan, kommunizm va boshqa shunga o ‘xshash hodisalar orqali
botiniy o‘tmishlardan boyib, yorug‘likka, nurga chiqadigan inson taqdiridir.
Yovuzlarni qirib tashlash emas, balki m a’rifatli qilish lozim. Chunki
yovuzlikdan zo‘ravonlarcha yo‘l bermaslik yoki yo‘q qilib tashlash usuli
bilan emas, balki uni ichdan botinan yengish orqali qutulish mumkin.
Shunday qilib, biz insoniyat tafakkuri tarixidan eng m iqyosli
bosqichlardan biri boMmish Yangi davrdagi ba’zi axloqiy yo‘nalishlar,
nazariyalar va qarashlar bilan imkon qadar tanishib chiqdik. Qisqacha
xulosa sifatida, bu davr mutafakkirlari ilgari surgan ko‘pgina nazariy
konsepsiyalar, ilmiy farazlar Eng Yangi davr axloqshunosligi va, umuman,
zamonaviy axloq ilmi uchun kompas vazifasini o ‘taydi, degan fikrni
aytsak xato boMmaydi. Biz har qadamda ularning ta’sirini his qilib turamiz;
qanday yangi yo‘nalish yoki oqim paydo bo‘lmasin — hammasida ularning
o ‘zak vazifasini o ‘taydigan hissasini e ’tirof etmasdan ilojimiz yo‘q.
Dostları ilə paylaş: