so‘zlayotganlarga ishonmang, o'zlari bilarmi, bilmasmi, baribir, ular
zaharlaguvchilar, deb ayturman... Chindan ham, odam — loyqa seldir.
Uni o ‘ziga yutib toza qilmoq uchun faqat dengiz bo‘lmoq kerak. Qarang,
men sizga a’lo odam to ‘g‘risida so‘zlayapman: U — o ‘sha dengiz, unda
sizning ulug‘ nafratingiz c h o ‘kib ketgay. ...U — ch aqm o q , u —
telbalik!...»1.
Endi uchala odam turini tasaw ur qilib ko'raylik. Misol tariqasida
«Alpomish» dostoniga murojaat qilaylik. Oxirgi odamlar kichkina joydagi
kichkina issiq o ‘rinlari uchun Alpomishning o ‘g‘li Yodgorni xo‘rlagan
bakovul, U ltontozni xon ko‘tarib, uning dasturxoni sarqitlarini zavq
bilan kutib yashayotgan kichkina odamlar emasmi? Ular agar katta
harflar bilan yoziladigan «Muhabbat» so‘zining m a’nosini bilganlarida,
yulduzlar bilan aqalli biror tun so‘zsiz suhbatlashganlarida pastkashlik
qila olarmidilar? Nitshe ular haqida boshqa bir o ‘rinda maydalashib
ketgan bunday odamlar, hukmronlikka layoqati boMmagan, noloyiq
shaxslarning muvaffaqiyatlari uchun yo‘l ochib beradi, ular buyruq
beradigan har qanday iroda kuchi oldida tiz cho‘kadilar, deydi.
Yaxshi odam -chi? Yaxshi fazilatli odam Qorajon emasmi? Qorajonlar
Alpomishning kelishi uchun, yuzaga chiqishi uchun ham m a narsani
qilishga, kerak bo ‘lsa, jonini berishga tayyor. Alpomishlaming ularsiz
ro‘yobga chiqishi mumkin emas. Alpomishlar esa — zaminning mazmuni.
Shu sababli Nitshe ularni insoniyatning orzu-umidi deb ta ’riflaydi:
«Bizning mohiyatimiz — o ‘zimizdan yuksakroq mavjudotni yaratishdan
iborat. 0 ‘z chegaramizdan naridagi o'zimizni yaratish. Q achondir u
yerga maqsad, qutqaruvchi inson kelishi kerak. Xudo o ‘ldi, va bizning
istagimiz — a ’lo odam yashasin»2. Bunday odam oldida qonunlar bosh
egadi, unda ham qonunchi, ham san’atkor omuxtalashib ketgan bo‘ladi.
D arajalar pillapoyasida inson egallaydigan o ‘rin u cheka olishi
m um kin b o ‘lgan iztiroblar bilan belgilanadi, deydi faylasuf. Buning
u ch u n , y a ’ni alo odam b o ‘lish uch u n inson a n ’anaviy axloqiy
qadriyatlardan kechishi kerak: shafqatli emas, shafqatsiz bo‘lishi lozim,
rost — bor-yo‘g‘i q at’iy am r, yolg‘on esa — hayotning doimiy yo‘ldoshi,
hatto sharti, har qanday fazilat nodonlikka, har qanday nodonlik fazilatga
Dostları ilə paylaş: