COVID-19 pandemiyasining avj olishi va butun dunyo boʻylab davlatlar tomonidan pandemiya
tarqalishining oldini olish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar Bankga sezilarli taʼsir koʻrsatdi. Ushbu
chora-tadbirlar Bankdan o'z operatsion faoliyatini boshlash va bank mahsulotlarini ishga tushirish
sanalarini keyinga surishni talab qildi. Shuning uchun rahbariyat 2025 yil oxirigacha muddatga bir
qancha turli ssenariylarni modellashtirdi. Modellashtirilgan taxminlar COVID-19 cheklovlari va
qoidalarining kutilayotgan potensial taʼsiriga, shuningdek, davr mobaynida rahbariyatning taklif etilgan
javoblariga asoslanadi. 2020 yil mart oyida joriy etilgan karantin choralari 2020 yil avgustidan boshlab
bekor qilindi. Davlat organlari pandemiya holatiga qarshi kelgusi chora-tadbirlar, masalan, o'zini-o'zi
izolyatsiya qilish rejimi to'g'risida hech qanday e'lon bermadi. Bank Rivojlanish strategiyasida aks
ettirilgan bazaviy ssenariyga muvofiq o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.
2021 yil davomida O‘zbekistonda 2018-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish
bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish doirasida Prezidentimiz tashabbusi bilan muhim
islohotlar amalga oshirildi. So’nggi yillarda valyuta konvertatsiyasi va eksport savdosi natijasida olingan
xorijiy valyutani majburiy sotish bo‘yicha asosiy cheklovlar bekor qilindi, eksport operatsiyalari
bo‘yicha hisob-kitob muddati uzaytirildi, davlat xizmatlarini ko’rsatishning yagona tizimi joriy etildi va
boshqa ijobiy o‘zgarishlar joriy qilindi. Moliyaviy hisobot O'zbekiston Respublikasidagi biznes yuritish
muhitining bank faoliyati va moliyaviy holatiga ta'sirining rahbariyat tomonidan baholanishini aks
ettiradi.
Bankning moliyaviy holati va faoliyati natijalariga O‘zbekiston Respublikasida siyosiy va iqtisodiy
o‘zgarishlar, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi moliya bozorlariga va umuman iqtisodiyotga
sezilarli ta’sir ko‘rsatadigan amaldagi va kelajakdagi qonun hujjatlari va soliq qoidalarining qo‘llanilishi
ta’sir ko‘rsatadi. Bank rahbariyati umuman bank sektoriga va xususan, Bankning moliyaviy holatiga
ta'sir qilishi mumkin bo'lgan barcha o'zgarishlarni oldindan aytib bera olmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi 2021 yilning 12 oyi yakunlari bo‘yicha quyidagi asosiy iqtisodiy
ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi:
• Inflyatsiya: 9,98% (2020 yil: 11,1%)
• Rasmiy kurs: 2021 yil 31 dekabr: 1 AQSh dollari = 10 837,66 so‘m (2020 yil 31 dekabr: 1 AQSh
dollari = 10 476,92 so‘m)
• YaIM o‘sishi: 6,2% (2020 yil: 1,6%)
• O’RMBning qayta moliyalash stavkasi: 14% (2020 yil: 16%)
Dostları ilə paylaş: