daryo qayirlari, ko`l va dengiz sohillaridagi suvlar sizot suvlaridir. Ulardan
xo`jalikda foydalaniladi.
Sizot suvlari tog` jinslari orasidan sekin, lekin doim o`tib turadi. Ularning
tezligi jinsning suv o`tkazuvchanligiga va er-osti suvini saqlovchi qatlamning
qiyaligiga bog`liq bo`lib, quyidagi formula bilan ifodalanadi:
V = K (h : I)
Bunda V - oqim tezligi K - jins orasidan o`tuvchi suvning tezligi koeffitsienti, h -
bir nuqtadagi erosti suvning ikkinchi nuqtaga nisbatan balandligi, I - ikki nuqta
orasidagi masofa.
Yer osti suvlarining harakat tezligi, ularning qanday jinslar orasidan
o`tishiga bog`liqdir. Mayda qum orasidan bir sutkada 1-5 m, yirik qumda 15 - 20
m, shag`al yoki serdarz jinslarda 100 m va undan ham tezroq siljishi mumkin.
Grunt suvlari y
er yuzasi bilan birinchi suv o`tkazmaydigan qatlam ustidagi
suvlardir. Ular g`ovakli jinslar (qum, shag`al, lyoss) orasida ko`proq uchraydi.
Grunt suvlarining sathi er yuzasidan turli chuqurlikda yotadi. Erosti
suvlarining suv bilan to`yingan qatlam yuzasi yer osti suvlarining oynasi deyiladi.
Suv bilan to`yingan qatlam suv saqlovchi qatlam deb ataladi. Grunt suvlarida
bosim bo`lmaydi, chunki uning ustida suv o`tkazmaydigan qatlam mavjud emas.
Grunt suvlari pastkam joylarda (soy, jar, ariq) yer yuzasiga sizilib chiqib yotadi
(12-rasm). Yer osti suvlarining ko`tarilishi, ularning umumiy oynasi sathidan
oshmaydi. Bunga O`rta Osiyoda grunt suvlar yuzasini birlashtiruvchi quduqlar -
koriz usuli misoldir.
6-rasm. Grunt suvlarining chiqish joyida o`simlik yaxshi rivojlanadi.
Dostları ilə paylaş: