Yer osti suvlarining geologik ishi
Uzluksiz harakatda bo`lgan erosti suvlari muayyan geologik ishlarni
bajaradi. Ular tog` jinslarini eritadi, erigan mahsulotlarni tashiydi va ma`lum
turdagi yotqiziqlarni hosil qiladi.
Erosti suvlarining geologik ishida tog` jinslariga kimyoviy va mexanik
ta`siri etakchi ahamiyatga ega. Bu jarayonlarning natijalari bo`lib karst va
ko`chkilarning hosil bo`lishi hisoblanadi.
Karstlanish jarayonlari.
Karst deb erosti suvlari ta`sirida darzlashgan tog`
jinslarining erishi, erusti va erostida o`ziga xos relef shakllarini hosil qilishiga
aytiladi.
Suv ta`sirida yaxshi eriydigan jinslarga galoidlar (osh tuzi va kaliy tuzi),
sulfatlar (gips va angidrit) va karbonatlar (ohaktosh va dolomit) kiradi. Tub
jinslarning tarkibi bo`yicha tuzli, sulfatli va karbonatli karstlar ajratiladi.
Karbonatli jinslar keng tarqalganligi tufayli karbonatli karstlar tabiatda ko`p
uchraydi.
Mineral va gaz komponentlarga ega bo`lgan tabiiy suvlar etarli darajada
agressiv bo`ladi. Erosti suvlari tog` jinslaridagi darzliklarga kirib va ularni asta-
sekin eritib, karstli landshaftni shakllantiradi. Bunday landshaft Qrimda (YAyla),
Kavkazda, O`rolda, Bolqon yarimorolida, Karpat va Alp tog`larida keng
rivojlangan.
Erish jarayoni erusti va erostida turli-tuman karst shakllarini hosil qiladi
(140-rasm).
Karstlar erustida suv ta`sirida ochilib qolgan eruvchi tog` jinslari yuzasida
rivojlanadi. Ularning orasida karrlar, ponorlar, karst voronkalari va quduqlari
ajratiladi.
Karrlar
tog` jinslari yuzasida jo`yaklar, chandiqlar, yoriqlar shaklidagi
uncha chuqur bo`lmagan (bir necha santimetr) chuqurchalar majmuasidan iborat.
Ular keng rivojlangan joylarda o`tib bo`lmaydigan karr maydoni hosil bo`ladi.
Ponorlar
katta qiyalikdagi yoki tik quduqsimon shakldagi teshik bo`lib, u
orqali yuza suvlari chuqurlikka oqib o`tadi. Bunday suv yutuvchi teshiklar odatda
darzliklar o`zaro kesishgan joylarda shakllanadi.
Karst voronkalari
- er yuzasida eng keng
tarqalgan
karst
shakllaridir. Bu katta
qiyalikdagi
devorlarga
ega bo`lgan konussimon
yoki
kosasimon
chuqurlikdir (141-rasm).
Tik devorga ega bo`lgan
turi
karst
qudug`i
deyiladi
(142-rasm).
Ularning
diametri
odatda 1 dan 5 m gacha
Dostları ilə paylaş: