Sun‟iy tahdidlar.
Fizik komponentlarga va tarmoqqa bo‗ladigan eng katta
ta‘sir insonlar xatosi natijasida yuzaga keladi. Bu xatolik insonlar tomonidan
bilmasdan yoki ataylabdan amalga oshirilishi mumkin. Insonlar tomonidan
amalga oshirluvchi fizik xavfsizlik tizimiga bo‗ladigan quyidagi tahdidlar
mavjud:
Vandalizim.
Norozi xodimlar yoki eski ishchilar tizim komponentlarini
buzish yoki zarar etkazish orqali tizimni obro‗sizlantirishga harakat qiladi.
Qurilmaning yo„qolishi.
Ruxsat etilmagan nazoratlash muhim axborot yoki
qurilmani yo‗qolishiga sababchi bo‗ladi. Agar qurilma himoyasi to‗g‗ri amalga
oshirilmagan bo‗lsa, uning o‗g‗irlanishiga sababchi bo‗ladi.
Fizik qurilmalarni buzulishi.
Qurilmaning noto‗g‗ri ishlashi, masalan,
qurilmani yoki ma‘lumotni qanday tutib turilganligi, zararlangan qurilmalarni
almashtirilmaganligi va zaif kabellar natijasida fizik qurilmalarga jiddiy zarar
yetkazilishi mumkin.
O„g„irlash.
Xavfsizlik tizimidagi kamchilik natijasida jixozlar o‗g‗irlanishi
mumkin.
Terrorizm.
Tashkilot yaqinidagi yoki uning ichidagi terrorchilik harakatlari,
masalan, mashinada qo‗yilgan bomba, shaxs mavjud bo‗lgan bomba yoki
masofadan turib boshqariluvchi bomba natijasida tashkilot fizik xavfsizligiga
turlicha zarar etkazilishi mumkin.
Sotsial injineriya.
Sotsial injineriya shaxsiy axborotni boshqa shaxslar
tomonidan noqonuniy qo‗lga kiritish harakati sifatida qaraladi. Hujumchi
tashkilot xodimlaridan sotsial injineriya orqali ruxsat etilmagan fizik
nazoratlashdan daromad ko‗radi.
Tizimlarni ruxsat etilmagan nazoratlash.
Har ikkala, ichki va tashki
foydalanuvchilar ham tashkilot haqidagi axborot yoki tizimni ruxsatsiz
boshqarishga harakat qilib ko‗radi.
Fizik xavfsizlikni nazoratlash
Mos xavfsizlik nazoratisiz, biror fizik xavfsizlikni amalga oshirish qiyin.
Fizik xavfsizlik nazorati bardoshli fizik xavfsizlik muhitini yaratishi uchun turli
darajalarda amalga oshirilishini talab etadi. Fizik xavfsizlik nazoratini qaysi
darajada amalga oshirilishiga qarab, ular quyidagicha tasniflanadi:
Dostları ilə paylaş: |