inventarizatsiya ro’yxati, solishtirish dalolatnomalari, to’lovga layoqatsizlik haqida ma’lumotnoma
va b); shubhali deb tan olingan qarzlarni hisobdan o’chirishning to’g’riligi; ishlatilmagan shubhali
qarzlar bo’yicha zahira summalarining tegishli yil foydasiga qo’shilishi.
Ayrim tarmoqlarning korxonalari O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi ruxsati bilan
ta’mirlash ishlari o’tkazish uchun mablag’lar zahirasi yaratadilar. Agar ta’mirlanadigan asosiy
vositalar ishlab chiqarish uchun tayinlangan va shu jarayonda ishlatiladigan bo’lsa, bu zahiraga
qilinadigan ajratmalar mahsulot ishlab chiqarish (ish bajarish, xizmat ko’rsatish) xarajatlari
tarkibiga «boshqa xarajatlar» elementi bo’yicha qo’shiladi. Zahira hajmi ta’mirlash ishlari uchun
kutilayotgan xarajatlar qiymatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Auditor ta’mirlash ishlari uchun zahiralarning to’g’ri tashkil etilishi va ishlatilishini
tekshirishi zarur. Bunda quyidagilar tekshiriladi: Zahira yaratish uchun Moliya Vazirligining ruxsati
borligi; ta’mirlash o’tkazish uchun smeta va titul ro’yxati; zahiralardan foydalanishni hisobda aks
ettirishning to’g’riligi; to’laligi va o’z vaqtidaligi; foydalanilmagan zahira qoldig’i qolganda
«storono»qilish yo’li bilan zahiralarni yopish; debet 2010, 2310, 2510 kredit 8910«Kelgusi davr
xarajatlari va to’lovlar zahirasi» («Asosiy vositlarni ta’mirlashga doir kelgusidagi xarajatlar
zahirasi» analitik schyoti).
Dostları ilə paylaş: