104
oxirgi siydik olinadi, hamma porsiyalar lobaratoriyaga yuboriladi, bu yerda har bir
porsiyaning miqdori va zichligi aniqlanadi.
Darmonsiz va og’ir bemorlarga rezinali tuvak yoki siydikdon( shishali,
emalli) beriladi. Tuvak va siydikdonlar issiq suvda yuvilib,
xloramin bilan
chayilib, maxsus xonalarda javonlarda saqlanadi.Siydikdonlar devorida quyqalar
paydo bo’lmasligi uchun ularni sirka kislotasida yuvib suvda chayiladi. Maxsus
yumshoq siydikdonlar bo’lib, ular tasmalar yordamida songa bog’lanadi.Bu
siydikdonlarni har kuni sovun bilan yuvib, siydik hidi kelmasligi uchun kaliy
permanganat eritmasi bilan chayish lozim.
Buyrak kasalliklari paytida siydik ajralishini buzilishi mumkin. Yoki siydik
ajralishini to’xtashi mumkin. Bunday paytda issiq grelkani qorni ostiga qo’yib,
tashqi jinsiy a'zolarni yuvish kerak. Ayrim hollarda quyilayotgan suv ovozi ham
yaxshi
natija beradi, natijaga erishilmasa sun'iy chiqarish usuli kateterlardan
foydalaniladi.
Kateterlar yumshoq( rezinali) va qattiq ( metalli) bo’ladi. Yumshoq kateter 25-30
sm bo’ladi. Kateterni ichki uchi dumaloq shaklda. Oxirgi uchida bir yoki ikkita
yumaloq teshigi bor. Kateter diametrlari turl xilda.( 1/3 mm dan 1 sm gacha). 30
nomerli, diametri 1/3 li kateter ajratiladi.
Siydik chiqaruv kanaliga infeksiya tushmasligi uchun kateterni 10-15 daqiqa
qaynatiladi. Kateter qo’yishdan avval hamshira qo’lini sovun bilan yuvib, keyin
barmoqlarini spirt yoki yod bilan artadi va qo’liga qo’lqop kiyadi. Kateter qo’yish
paytida bemor chalqancha yotadi, oyoqlari bukilgan, orasi ochiq. Chap qo’lnning 1
va 2 barmoqlari bilan katta va
kichik jinsiy lablarni ochib, siydik chiqarish
kanalining tashqi teshigi ochiladi.Antiseptik eritmada ho’llangan paxtali tampon
bilan siydik chiqarish kanalining tashqi teshigini tozalash kerak.Uchi glitserin bilan
moylangan kateterni qisqich bilan yon teshikdan 5- 6 sm masofada
ushlab.kateterning ikkinchi uchini shu qo’lning 4 va 5
barmoqlari bilan
ushlanadi.Kateterni ehtiyotlik bilan siydik chiqarish kanaliga 5 7
sm chuqurlikka
kiritiladi.Kateterni 2 uchini siydik yig’gichga qo’yiladi.Siydik chiqarilgandan
so’ng kateter olib tashlanadi va sterilizatsiya qilinadi.
O’g’il bolalarga kateterni faqat shifokor qo’yadi. Chap qo’lning 3 va 4
barmoqlari bilan jinsiy olatning boshchasini ochib,1 va 2 barmoqlar bilan siydik
chiqarish kanalining tashqi teshigi ocxiladi.Antiseptik eritmada ho’llangan paxtali
tampon bilan siydik chiqarish kanali atrofi tozalanadi.Uchi glitserin bilan artilgan
kateterni yon teshikdan 5- 6 sm masofada qisqich billan mahkam
ushlab,kateterning ikkinchi uchini shu qo’lning 4 va 5 barmoqlari bilan
ushlanadi.Kateterni siydik chiqarish kanaliga ehtiyotltk bilan kiritiladi.Agar kateter
kirgan paytida bemor nohushlik sezsa bemorga tichlanishni va bo’sh yotishni
so’raladi.Siydik paydo bo’lgandan keyin kateterni tashqi uchini lotokka tushirish
kerak.Siydik chiqarilgandan keyin kateterni kanaldan chiqarib olish kerak.
Siydik yig’iladigan idish oldindan tayyorlangan bo’lishi kerak. Agar siydik
chiqishi to’xtasa qorin devorini asta bosiladi va qovuqda qolgan siydik chiqarib
olinadi.. Bolalarga kateter yoshiga qarab tanlanadi.
Siydik chiqaruv kanali jaroxatlanganda kateter qo’yish man etiladi. Kateter
qo’yilgandan so’ng uni sovun bilan yaxsxilab yuvib, yumshoq sochiq bilan artiladi.
105
Kateterlarni
usti yopiq, ichiga 2% li bor yoki karbol kislota solingan, emalli yoki
shishali idishlarda saqlanadi. Elastik kateterlarni saqlash va tozalash uchun maxsus
sterilizatorlar chiqariladi. Ular turli kattalikda va shaklda bo’lib, ustida yopib
qo’yuvchi qopqog’i bor.
Ichida kateter joylashtiriladigan tayoqchalar bor. Uning tubiga formalin
tabletkalari solib qo’yiladi,ularning bug’lari kateter saqlanishini va steril turishini
ta'minlaydi.
Dostları ilə paylaş: