106
bemorga tozalovchi klizma qilinadi. Tekshiruvdan avval bemor albatta siyib olishi
kerak. Tekshiruvga bir kun qolganda uning organizmini kontrast( yod tutuvchi)
moddalarga ta'sirini tekshirish lozim.
Kichik yoshdagi bolalarni tayyorlash qiyinroq. Parhez, tozalovchi huqna va
x.k lar bolada yig’i , baqiriq keltirib chiqaradi, oqibatda u ko’p havo yutadi. Shuni
xisobga olish kerakki meteorizm holsizlangan va bezovta bolalarda uchraydi.
Juda ham bezovtalangan bolalarni tekshirish uchun narkoz bilan qilinadi, ertalab
bola ovqatlanmaydi, tekshiruvga 45 daqiqa qolganida «antigistaminli tayyorlov»
o’tkaziladi, ( vena ichiga suprastin yoki pipolfen yuboriladi.). Bu vena ichiga
kontrast moddalar yuborganda paydo bo’ladigan asoratlarni oldini oladi.
Bilimlaringizni tekshiring va mustahkamlang
Testlar
1. Polliuriya bu?
A. kunlik siydik miqdorini 1,5-2 marta kamayishi
B. ma'lum vaqtda ajralgan siydik miqdori
V. 3 soat davomida ajralgan siydik miqdori
G. kechasi ajralgan siydik miqdori
D. kunlik siydik miqdorini 1,5-2 marta ko’payishi.
2. Oligouriya bu?
A. kunlik siydik miqdorini 1,5-2 marta kamayishi
B. ma'lum vaqtda ajralgan siydik miqdori
C. 3 soat davomida ajralgan siydik miqdori
D. kechasi ajralgan siydik miqdori
E. kunlik siydik miqdorini 1,5-2 marta ko’payishi.
3. Bola 10 soat davomida peshob ajratmadi.Bolada qanday o’zgarish bo’ldi.
A. polliuriya
B. anuriya
C. oligouriya
D. dizuriya
E. pollakiuriya
4. Buyrak va siydik kasalliklarning asosiy belgilari?
A. Shishlar, og’riq bel sohasida, dizuriya, arterial bosimni ko’tarilishi.
B. Hushdan ketish, terini oqarishi, oyoq-qo’llarni muzlashi
C. Diareya, yo’tal, hansirash, ichi ketishi
D. Ko’ngil aynish, qusish, yo’tal, ichi ketishi
E. Qornida og’riq, siydik rangini o’zgarishi
5. Buyrak shishlarini xususiyatlari?
A. Tepadan pastga tarqaladi
B. Pastdan tepaga tarqaladi
C. Qo’llarda
D. Oyoqlarda
E. Belda
Dostları ilə paylaş: