56
Oshxona.
Oshxona katta, toza va yorug’ bo’lishi kerak. Oshxona devorlarini kafel
qilinishi yoki bo’yoq bilan bo’yalishi yuvish va dezinfeksiya uchun qulay, stol usti
platsikadan yoki oddiy klenka bilan yopilgan bo’lishi lozim.
Oshxona bilan ovqat tarqatish xonasi o’rtasida darcha bo’lib o’sha
yerdan kasal
bolalarga ovqat tarqatiladi. Ovqat tarqatish xonasiga kirish alohida bo’lishi kerak,
bu xonada quyidagi buyumlar bo’lishi kerak.
1.Idishlar va quruq oziq ovqat masalliqlarini saqlash uchun shkaf.
2.Bitta bemorga mo’ljallangan idishlar - 1 chuqur va 1 ta yuza tarelka, vilka, choy
va osh qoshiqlar va choy ichish uchun piyola.
3.Ovqat tarqatish uchun gigiyenik toza stol.
4.Ovqat isitish uchun elektroplitalar.
5.Idishlarni yuvish uchun 2 ta seksiyali vannalar.
6.Idishlarni bo’ktirish va yuvish uchun bak.
7.Oqib turuvchi issiq va sovuq suv.
8.Dezenfeksiya qiluvchi va yuvuvchi moddalar.
9.«Bufet uchun» deb yozilgan yig’uvchi inventar
Tibbiyot hamshirasi- Stolni to’g’ri bezatilganini ovqat tarqatuvchisini hamda
bolalarni ovqatlanishini ham kuzatib turadi. Bolalarni 4 tadan stol atrofiga parhezni
hisobga olgan holda o’tqazadi. Iloji boricha bir xil parhezdagi bolalarni bitta stolga
qo’yiladi. O’zi ovqat yeya olmaydigan va ovqatdan bosh tortayotgan bolalarni
hamshira ovqatlantiradi, majburiy ovqatlantirish mumkin emas.
Og’ir yotgan bemorlarni ham palatada hamshira tomonidan ovqatlantiriladi.
Agar bemor funksional karovatda yotgan bo’lsa, uni boshi ko’tariladi, agar oddiy
karovatda yotgan bo’lsa uni boshini ko’tarishi uchun bosh sohasiga bir nechta
yostiqlar qo’yiladi va yarim o’tirgan holatga keltiriladi. Bemorni bo’yin va ko’krak
sohasi fartuk bilan yopiladi va ovqat karovat oldidagi stolga qo’yiladi, ovqatni
qoshiq bilan bemor og’ziga yaqinlashtiriladi . Suvni bo’lsa
suv ichish uchun
mo’ljallangan idishda beriladi. Idishga suyuqlik quyib qopqog’i yaxshilab yopiladi
va sekin astalik bilan ichiriladi.
Yeyilgan ovqat miqdori hamshira tomonidan bolaning kasallik tarixiga
yoziladi. Har safar ovqat tarqatilgandan so’ng ovqat tarqatish xonasida va
oshxonada ham tozalash ishlari olib boriladi, kun oxiriga
kelib esa dezinfektsiya
qiluvchi moddalar yordamda hamma asbob-uskunalar, stol- stul, plitalar, shkaf va
x.k yuviladi.
Bolalarning har bir ovqatlanishdan so’ng ularning idish tovoqlari yaxsxilab
tozalanadi.
Oldin idishlar qoldiqlardan tozalanadi va «qoldiq ovqatlar» deb yozilgan chelakka
solinadi, keyin xantal va sodalar bilan tozalab yuvilib idishlar oqib turgan issiq
suvda chayiladi (70 gradusdan yuqori) va vertikal holda quritiladi. Yana idishlarni
dezenfeksiya qilishni 130 gradusli temperaturada 30 daqiqa davomida quruq
shkaflarda o’tkazish mumkin. Tozalovchi inventarlar ishlatilgandan so’ng 0,5%
xloraminga 1 soatga bo’ktiriladi yoki 15-20
daqiqa davomida qaynatiladi, keyin
quritib belgilangan joyda saqlanadi.
Ovqat qoldiqlarini og’zi yopiluvchi bakka yig’iladi. Baklarni to’lib ketishga yo’l
qo’yilmaydi va ertasi kuniga qoldirmay olib chiqib tashlanadi.
57
Shifoxona ta'minlaydigan asosiy ovqatdan tashqari bemorlarga qarindoshlar
tomonidan ovqat olib kelishga ruxsat etilgan. Odatda ovqatni olib kelingan ovqat
tartibini, miqdori va foydaliligi kuzatiladi, bemorga
belgilanmagan ovqatni qabul
qilinmaydi. Ovqatlar polietilen paketlarda qabul qilinadi, ularning miqdori 1-2
kunga yetadigan miqdordan ortmasligi kerak, ular shkaf va muzlatgichlarda
saqlanadi (sut va go’sht mahsulotlari alohida). Quruq
oziq-ovqatlarni karovat
oldidagi tumbochkada saqlash mumkin. Olib kelingan ovqat asosiy ovqatdan so’ng
parhez turiga, bolani yoshi va ishtahasiga qarab beriladi.
Dostları ilə paylaş: