58
Ovqatlantirish oldidan ona qo’lni yaxshilab yuvishi kerak va sut yo’liga
tushgan mikroblar chiqib ketish uchun bir necha tomchi sut sog’ib tashlanadi. Ona
bitta qo’li bilan bolani ushlaydi, ikkinchi qo’li bilan bolani og’ziga ko’krak uchini
va ko’krak uchi oldi aylanasini bir qismini 4 ta barmoq bilan ko’krak ko’tarilib
turiladi va bosh barmoq bilan ko’krak usti ushlab turiladi,
bolani burni yopilib
qolmasligi uchun.
Sog’lom bolani ko’krak bilan boqishda sut yetarli bo’lsa, emizish 15-20
daqiqa davom etadi, lekin birinchi kunlar tug’riqdan keyin uzoq vaqt 25-30 daqiqa
davom etishi mumkin.
Qo’shimcha ovqat berish qoidalari
:
1.Ko’krak bilan boqishdan oldin, kam miqdordan boshlanadi.
2.Boshqa turdagi qo’shimcha ovqatga bola birinchisiga to’liq o’rgangandan so’ng
o’tiladi.
3.Qo’shimcha ovqat yutilishi qiyin bo’lmasligi kerak
4.Yangi ovqat xili kunnnig birinchi yarmida berilgan ma'qul.
Bolani 6 oylikda birinchi qo’shimcha ovqat sabzavotli pyure beriladi. 7 oylikdan
ikkinchi qo’shimcha ovqat bo’tqalar beriladi. 8 oylikda uchinchi qo’shimcha
ovqat
kefir va tvorog beriladi.
Aralash ovqatlantirish
.
Bola hayotini birinchi olti oyligigacha ona suti bilan birga qo’shimcha sut
aralashmalarni olishiga aralash ovqatlantirish deyiladi.Aralash ovqatga o’tkazishni
asosiy sabablari - sutni kerakli miqdorda bo’lmasligi- gipogalaktiya, onani
kasalligi, ijtimoiy ahvollari. Bolani qancha miqdorda
sut olayotganligini bilish
uchun bolani emizishdan va emizishdan keyin torozga qo’yib o’lchaymiz va
ko’rsatkichimizga qarab sun'iy sutli aralashma belgilanadi.
Sun'iy ovqatlantirish.
Sun'iy ovqatlantirishda bola ko’krak suti o’rniga sutli sun'iy aralashma oladi.
Sun'iy ovqatlantirishda aralash ovqatlantirishdek sut aralashmalari beriladi.
2 oygacha bolani 7 marta har 3soatda, 2 oydan -4 oygacha 6 marta har 3 ,5 soatda,
4 oydan yuqori 5 marta har 4 soatda ovqatlantiriladi.
Sun'iy ovqatlantirishda quyidagi qoidalarga rioya qilinish kerak:
1.aralashma 36-37
0
C gacha isitilgan bo’lishi kerak.
2.so’rg’ich va butilka toza bo’lishi kerak
3.sut so’rg’ichdan tomchilab tushishi kerak
4.butilka bo’g’zi aralashma bilan to’lgan bo’lishi kerak.
5.bolani butilkadan boqilganda qo’lda ushlab turiladi. Ko’krak bilan boqilgan
holatni yuzaga keltirgan holda yoki yonga yotgan holda boshiga
kichikroq yostiq
qo’yiladi.Aralashma turi shifokor tomonidan belgilanadi. Sun'iy ovqatlantirishda
ovqat miqdori hamshira tomonidan ovqatlanish varag’iga kirgiziladi,
bu har bir
bola uchun alohida tutiladi.
Dostları ilə paylaş: