73
Agar yuqoridagi muolajalar yordam bermasa, shifokor tomonidan tana
haroratini tushirish uchun boshqa davo choralari, ya'ni dorilar tayinlanadi. Bu
turkum dorilarga analgin (50% bolaning har bir yoshiga 0,1 ml dan) va
parasetamol kiradi.
Isitmaning tushish (normallashish) davri har-xil kechishi mumkin. Bunda
issiqlik hosil qilish kamaygan, issiqlik yo’qotish oshgan bo’ladi.Tananing isitmasi
yuqori temperaturadan birdan tez kritik yoki sekin -asta litik tushishi mumkin.
Temperaturaning kritik tushish davrida ko’pincha kasal ahvolining og’irlashishi,
ya'ni holsizlanish, qattiq terlashi, oyoq qo’llarning muzlashi, labning ko’karib
ketishi, arterial qon bosimining pasayishi, pulsni kuchsiz urishi ( ipsimon ) nafasni
tez va yuzaki bo’lishi kuzatiladi. Bu esa shosxilinch choralar ko’rishni talab
qiladi,zudlik bilan shifokorni chaqirish zarur. Shifokor kelguncha hamshira kasalga
issiq choy ichirib, uning oyoq qo’llariga grelkalar qo’yib isitishi va ter ko’p
ajralganligi uchun ho’l bo’lib ketgan kiyimlari va ko’rpa choyshablarini
almashtirishi darkor.
Dostları ilə paylaş: