223
anus qismi kattalashadi, gidrostatik muvozanat va harakat ko-
ordinatsiyasi buziladi. Baliqlar yo yonboshiga,
yoki boshini
pastga qilib vertikal holatda suzadi. Kasallikning o‘tkir oqimi
14—20 kun davom etib, ikki yoshdagi baliqlarning 80—100%
zararlanadi, baliqlarning ahvoli og‘irlashadi va ommaviy ravishda
nobud bo‘lishiga olib keladi.
O‘lmay qolgan baliqlarda kasallik yarim o‘tkir va surunkali
oqimga o‘tib oladi. Kasallikning yarim o‘tkir oqimida namoyon
bo‘lgan belgilari unchalik yaqqol sezilmaydi va kasallangan baliqlar
miqdori ham kam. Patologik jarayon kasallikning 25—30-kunlarida
biroz avj oladi, so‘ngra pasayib boradi. Qishda esa kasallik surunkali
oqimda kechib, shu yilgi baliqlarning asta-sekinlik bilan nobud
bo‘lishi kuzatiladi (59—90% gacha).
Kasallikning surunkali oqimida klinik belgilar kuchsiz namo-
yon bo‘ladi. Ayrim paytlarda ba’zi baliqlarda qorinning damla-
nishi kuzatiladi. Patologik jarayonning pasayishi bilan kasal ba-
liqlar sog‘lomlaridan unchalik farq qilmaydi. Erkin suzib yuruvchi
suv havzalarida baliqlar orasida o‘lim sodir bo‘lmasa-da, qishla-
gandan so‘ng ikki yoshli baliqlarning 35—60% nobud bo‘lishi
mumkin.
Kasal baliqlarning qon tarkibida kuchli o‘zgarishlar kuzati-
ladi. Kasallikning o‘tkir oqimida SOE (ROE) 1,5—2 marta
tezlashadi, gemoglobin miqdori 20—40%, eritrotsitlar soni esa
18—42% ga kamayadi. Rivojlanayotgan leykotsitoz leykopeniyaga
o‘tadi. Limfotsitlar kamayib, monotsitlar 35—55% gacha, poli-
morf o‘zaklilar 14 % gacha ko‘payadi. Qonda ko‘p miqdorda
yosh eritrotsitlarning hosil bo‘lganligi kuzatiladi.
Kasal baliqlarda oqsil sintezining buzilishi, azot va uglevod-
yog‘ almashinuvi izdan chiqadi.
Dostları ilə paylaş: