Baliqchilik asoslari


Ichki organlarning distrofiyasi



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə143/152
tarix14.12.2023
ölçüsü3,01 Kb.
#140743
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   152
Ichki organlarning distrofiyasi — bu oq amur turidagi ba-
liqlarning alimentar kasalligi bo‘lib, uni ba’zan «modda alma-
shinuvining buzilishi» ham deyiladi. Ichki organlarning distro-
fiyasi bilan xarakterlanadi. 1965-yilda O‘zbekiston va Qozog‘is-
tondagi xo‘jaliklarda birinchi marotaba qayd etilgan.
Etiologiyasi. Kasallikning kelib chiqish sababi baliqlar uchun
xos bo‘lmagan sun’iy oziqalar bilan oziqlantirishdan kelib chi-
qadi. Yuqorida aytilgan xo‘jaliklarda oq amurlarni oziqlanti-
rishda tabiiy oziqa — suv o‘simliklarining yo‘qligi hamda karp
turidagi baliqlar uchun mo‘ljallangan kombikorm bilan oziq-
lantirish natijasida kelib chiqqan.
Klinik belgilari. Asosan, katta yoshdagi baliqlar kasallanadi.
Kasallikning belgilari hamma vaqt ham yaqqol namoyon


232
bo‘lmaydi. Ayrim baliqlarda ularning qorin bo‘shlig‘ida suv to‘p-
lanishi, ko‘zining oq parda bilan qoplanishi, tana tangachala-
rining quruqlanib ko‘tarilib qolishi va nobud bo‘lishi bilan xa-
rakterlanadi.
Patanatomik o‘zgarishlari. Kasal yoki o‘lgan baliqlar yorib
ko‘rilganda ichki organlarida yog‘ning haddan tashqari ko‘p
to‘planishi, uning rangi qizg‘ish, qorin bo‘shlig‘ida 0,5 l sarg‘ish
suv to‘planishi, ayrim baliqlarda esa tiniq qo‘yilib qisqaruv
massaning borligi kuzatiladi. Jigar oq tus bo‘lib, ba’zan sarg‘ish
dog‘lar bo‘ladi. Òaloqning hajmi kattalashgan bo‘lib, qon bilan
to‘ladi. Kasal baliqlarning ichki organlari gistologik tekshiruvdan
o‘tkazilganida jigarning parenximatoz hujayrasida nekroz, taloqda
serroid granulasining to‘planganligi, buyrakda ham shunga o‘xshash
buyrak kanalchasining serroidli distrofiyasi kuzatiladi.
Òashxis kasal baliqlarni yorib, ichki organlarda to‘plangan yog‘
va baliqlarning ratsionini tahlil qilish asosida qo‘yiladi.
Profilaktikasi. Hovuzlarda oq amur baliqlarini o‘stirish
me’yorini bilish lozim, shuningdek, ularning zichligini ham
tartibga solish, suv havzalaridagi tabiiy oziqa manbayini (suv
o‘simliklarini) inobatga olish maqsadga muvofiqdir. Agarda ta-
biiy oziqalar yetishmasa, yangi o‘rilgan o‘tloq o‘simliklari berib
oq amurlarning majburiy sun’iy oziqaga o‘tishining oldini olish
mumkin. Baliqlar uchun, ayniqsa, kunjara va shrotlarni bermas-
lik lozim, boisi ularning tarkibida zaharli modda gossipol mavjud.

Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin