231
PABK) yetishmasligi oqibatida esa ishtahaning yo‘qolishi,
jabrasining shishishi (oshqozoni ham), konvulsiya va tanasining
oqarishi kuzatiladi.
Òashxis. Gipovitaminoz kasalliklarida aniq tashxis qo‘yish
juda ham mushkul, chunki ularning
klinik belgilari bir-biriga
juda o‘xshash, shuning uchun ham oziqani sifat ko‘rsatkichi
bo‘yicha, oziqa ratsionini analiz qilish, klinik belgilar va patana-
tomik o‘zgarishlar asosida tashxis qo‘yiladi.
Oldini olish va qarshi kurashish tadbirlari. Gipovitami-
nozlarning oldini olishda universal vosita —
bu baliqlarning
ratsioniga tirik tabiiy vitaminga boy oziqalarni kiritishdir. Ba-
liqchilik tarmog‘ini intensifikatsiyalashda bunday imkoniyatlar
chegaralanganligi sababli, ularning oziqasiga turli xil vitaminli
qo‘shimchalar, premikslar, achitqilar, baliq moyi, ko‘k massa,
hayvonlarning jigari, quruq sut va boshqalar kiritiladi. Baliqlarni
sun’iy oziqlantirishda gipovitaminozlarning oldini olishda ular-
ning ratsioni tarkibi, to‘yimliligi va biologik faol moddalar bilan
balanslangan bo‘lishi kerak. Karp
turidagi baliqlarda vitamin-
larning miqdori kunlik ehtiyoji 1 kg oziqa hisobida quyidagicha
(mg hisobida): vitamin A — 20—2000 IE, tiamin — 0,15 mg,
riboflavin 0,2—10 mg, inozitol 200—300 mg, vitamin C — 20 mg,
vitamin E — 70—100 mg.
Dostları ilə paylaş: