233
almashinuvining buzilishi va baliqlarning
zich saqlanganligi
muhim o‘rin egallaydi.
Klinik belgilar. Kasallik gulmohi va karp hamda boshqa tur-
dagi
baliqlarda uchraydi, yog‘ almashuvining
buzilishi nati-
jasida kelib chiqadi. Sog‘lom jigarda yog‘ bo‘lmaydi, kasallarida
esa uning ko‘p miqdorda to‘planishi kuzatiladi. Jigarning hu-
jayralarida ko‘p miqdorda seroid — yog‘ kislotasining o‘z-o‘zidan
parchalanishining mahsuloti yig‘ilib, uning distrofiyasi va nek-
roziga olib keladi. Kasallik o‘tkir va surunkali oqimlarda kechadi.
Kasallikning o‘tkir oqimida gulmohilarning xulqida o‘zga-
rish paydo bo‘lib, tana rangi o‘zgaradi. Qisqa muddat ichida kasal
baliqlar qoramtir yoki umuman qora tusga kiradi, ba’zan qorin
bo‘shlig‘ida suv to‘planib, ko‘zlarini oq parda o‘raydi. Baliqlar
oziqa qabul qilmaydi, harakat koordinatsiyasi buziladi, suvi kam
bo‘lgan qirg‘oqlarda to‘planishadi va ommaviy ravishda nobud
bo‘ladi. Katta yoshdagi baliqlar
yoshlariga nisbatan ancha
chidamsizdir.
Kasallikning surunkali oqimida baliqlarning xulqida, harakat
koordinatsiyasida yaqqol ko‘zga ko‘rinarli belgilar kuzatilma-
sa-da, ba’zan ishtahasi yo‘qoladi, qorinda suv to‘planishi va ko‘z
chaqchayishi kuzatiladi. Jabraning kuchli anemiyasi ro‘y beradi.
Baliqlarning o‘limi ommaviy xarakterga ega bo‘lmasa ham bitta-
yarimta o‘lim holatlari uchraydi.
Dostları ilə paylaş: