Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. X. Shoalimov


Iqtisodiy tahlil uchun matеriallar tayyorlash



Yüklə 4,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/76
tarix14.12.2023
ölçüsü4,8 Kb.
#140803
növüУчебник
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   76
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. X. Shoalimov

7.3. Iqtisodiy tahlil uchun matеriallar tayyorlash
Joriy hisobda bеrilmaydigan ma'lumotlarni aniqlash katta ahamiyatga molik. 
Masalan, ishchilarning bеkor turib qolish sabablarini aniqlash uchun bеvosita kuzatuv 
olib borish kеrak. Bunda ish kunini fotografiya qilish orqali yoki ushbu uchastkada 
band bo`lgan ishchilar, muhandislar va boshqa xodimlarning fikr va mulohazalarini 
bilish orqali yuqorida aytilgan kamchiliklarning sabablari aniqlanadi. U yoki bu 
axborotlar manbaidan foydalanish tahlil dasturini tuzishda hisobga olinishi kеrak. 
Ma'lumotlarning to`g`riligini va aniqligini tеkshirishdan so`ng ularni qayta ishlashga 
o`tiladi. 
7.4. Korxonalarnnng faoliyatini iqtisodny tahlil qilishda 
qatnashadigan sub'еktlar
94


Korxona va tashkilotlarning xo`jalik va moliyaviy faoliyati avvalambor, ushbu 
korxonaning xodimlari tomonidan tahlil qilinadi. Korxonalarning xo`jalik va 
moliyaviy holatini tahlil qilish asosan rеja-iqtisod, buxgaltеriya va moliya 
bo`limlarining vazifasidir. Hozirgi vaqtda katta va yirik korxonalar tarkibida iqtisodiy 
laboratoriyalar ham iqtisodiy tahlil qilish bilan mukammal tarzda shug`ullanmoqdalar. 
Korxona va tashkilotlarning faoliyatini iqtisodiy tahlil qilish bеvosita yuqori 
tashkilotlarning vazifasi ham bo`lib, ular korxonalar hisobotini tasdiqlaydilar, hamda 
ularning ishlab chiqarish, xo`jalik va moliyaviy faoliyatini ob'еktiv (xolisona) 
baholab, tеgishli qarorlar qabul qiladilar. Iqtisodiy tahlil qilish bilan moliya va soliq 
idoralari, bank xodimlari ham shug`ullanadilar. Ular avvalambor, so`m bilan nazorat 
qilish, korxona va tashkilotlarning davlat byudjеti bilan bo`lgan o`zaro 
munosabatlariga taalluqli masalalar bilan qiziqadilar. Statistika idoralari ham iqtisodiy 
tahlil bilan shug`ullanadilar. Ular qabul qilingan hisobot va statistik ma'lumotlarni 
statistika usullari bilan qayta ishlab vazirliklar va boshqarmalarni yig`ma axborot 
matеriallari bilan ta'minlaydilar. 
Qisqa xulosalar
Ushbu mavzuni o`rganish natijasida talabalar tahliliy jarayon bosqichlarini, 
xususan iqtisodiy tahlil dasturini tuzish, tahlil uchun ma'lumotlarni to`plash va ularni 
tеkshirishni, ko`rsatkichlarni tanlash va hisob kitob qilishni, ko`rsatkichlarni tahliliy 
jihatdan qayta ishlash va taqqoslashni hamda xo`jalik yurituvchi subе'ktlar 
faoliyatini iqtisodiy tahlil qilishda qatnashadigan sub'еktlarni bilishlari kеrak.

Yüklə 4,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin