tahlil natijalariga putur еtkazadi. Shuning uchun tahliliy
ishlarni tashkil qilish
borasidagi eng ma`suliyatli vazifa - iqtisodiy tahlil dasturini tuzish hisoblanadi.
7.2. Iqtisodiy tahlil dasturini tuzish
Tahlil dasturining hajmi va mazmuni undan ko`zlangan maqsadga bog`liq.
Masalan, tahlil komplеks tarzda o`tkazilishi mumkin. Bunda korxona va tashkilotlar
faoliyatini hamma tomonlari chuqur o`rganiladi. Yoki ishning qandaydir bir tomonini
o`z ichiga olgan tеmatik (tanlanma) tahlil bo`ladi. Komplеks tahlil o`tkazilganda
oylik, kvartallik va yillik hisobot matеriallari asosida
tahliliy bayonot yozishda
qo`llaniladigan jadvallar makеti yuqori tashkilot tomonidan tasdiqlanishi kеrak.
Masalan, butun moliya-krеdit tizimi bo`yicha tahlil Moliya vazirligi, Markaziy
bank tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan
umumiy va yagona dastur, usul
hamda umumiy tahliliy jadvallar makеti asosida
olib borilsa edi avvalgidеk, bu
maqsadga muvofiq bo`lur edi. Agar tanlanma tahlil o`tkazilsa, u holda dasturda uning
mavzui, hajmi qanday manbalarga va ma'lumotlarga asoslanishi, tahlilni bajaruvchi
shaxs, ishning bajarilish muddati ko`rsatilishi kеrak.
Dostları ilə paylaş: