Matoning o‘ng va ichki tomonlarini aniqlash texnologiyasi
Materiallar va asboblar: oqartirilgan, tekis bo‘yalgan va rasm bosilgan gazlamalarning namunalari, lupa.
Ishni bajarish tartibi
Naqsh bosilgan mato parchasini tanlab, ko‘rib chiqing. Qaysi tomonidagi rasm aniqroq? O‘ng tomonini aniqlang.
Parchalardan oqartirilgan va tekis bo‘yalganlarini tanlab oling. E’tibor bilan ko‘rib, matoning har bir tomonidagi tugunlarning va tuklarning sonini taqqoslang. Ularning o‘ng tomonini aniqlang.
Gazlama parchalaridan yuzi yaltiroq matoni tanlab, uning o‘ngini toping.
Quyida berilgan jadvaldan foydalanib, parchalarni ishchi daftarga ko‘chiring.