Tashqi diqqat deb ongimizning obyektiv voqelikdagi narsa va
hodisalarga, ularning ayrim belgi va xususiyatlariga yo‘naltirilishi,
ularda faol to‘planishiga aytiladi. Tashqi diqqat faqat idrok qilish
jarayonidagina namoyon bo‘lmasdan, balki fikr yuritilayotgan
narsalarga ham qaratiladi. Jumladan, ixtirochining o‘zi yaratgan
narsasini tasavvur qilishi, rassomning obrazlarni kashf qilish jarayoni,
muhandisning to‘g‘on qurilishini ko‘z o‘ngiga keltirish bilan bog‘liq
holatlar bunga misol bo‘la oladi.
Ichki diqqat esa ongimizning o‘z subyektiv taassurotlarimiz,
his-tuyg‘ularimiz va intilishlarimizga qaratilishidan iboratdir. Inson
ongining o‘zida sodir bo‘layotgan o‘z hissiyotlarini, fikrlarini, orzu
istaklarini va shu kabilarni kuzatishda tashqi diqqatdan farqli o‘laroq
ichki diqqat yuzaga kelar ekan, bunda diqqatning har ikkala ko‘rinishi
ham faoliyatning muvaffaqiyatli yakunlanishiga munosib hissa
qo‘shish imkoniyatiga egadir.
Bir kishi ongining muayyan obyektga qarata yo‘naltirilishi va
unga to‘planishiga
individual ; bir guruh yoki ko‘pchilikdan iborat
kishilar jamoasining ongi psixik faoliyatning biror obyektga qarata
yo‘naltirilishi va shu obyekt ustida to‘planishiga
guruh yoki
jamoa diqqati deb yuritiladi.
214
Diqqatning
ixtiyoriy turi ko‘pincha irodaviy deb nomlanib,
diqqatning muayyan obyektga yo‘naltirilishi iroda kuchi bilan
saqlab turiladi. Irodaning faoliyatni amalga oshirishda ishtirok
qilishi ko‘p jihatdan kishining maqsadiga intilishi, ishchanlik
qobiliyati, psixologik tayyorligiga bog‘liq. Shu boisdan, diqqatning
kuchi, barqarorligi, mustahkamligi, ildamligi odamning muayyan
faoliyatini bajarishga moyilligi, shayligi bilan o‘lchanadi. Har
qanday faoliyatni amalga oshirishning boshida qiyinchiliklar yuzaga
kelib, ular kishidan irodaviy zo‘r berishni talab qiladi. Faoliyatni
bajarishdagi nuqsonlarning namoyon bo‘lishi diqqatni to‘plashdagi
qiyinchiliklarning oqibatidir.
Ixtiyoriy diqqat – ongning oldindan belgilangan maqsadga muvofiq
irodaviy va asabiy faollik ko‘rsatgan holda muayyan obyektga
yo‘nalishi va unga to‘planishidan iborat diqqat turidir.
Diqqatning obyektga to‘planishi, mustahkamlanishi odamning
qiziqishlariga bog‘liqdir.
Ixtiyorsiz diqqat ning faoliyatda mujassam-
lashishida kishining ishtiyoqi va qiziqishi katta ahamiyatga egadir.
Odatda, faoliyatga qiziqish bevosita va bilvosita shaklda namoyon
bo‘ladi. Bevosita qiziqish faoliyat jarayoniga, xatti-harakatlarning
o‘ziga, ish uslublariga qaratilgan qiziqishdan iboratdir.
Ixtiyorsiz diqqat – ongimizning oldindan belgilangan maqsadsiz
ravishda muayyan obyektga yo‘naltirilishi va unga to‘planishidan
iborat diqqat turidir. Ixtiyorsiz diqqat obyektlari narsa va hodisalarning
odatdan tashqari holati, belgisi, sifati va boshqalardir.
Ixtiyoriydan so‘nggi diqqat – diqqatning muayyan obyektga avvalo
ixtiyoriy ravishda qaratilib, so‘ngra uning ahamiyati tushunilgan
sari o‘z-o‘zidan qaratilib boriladigan (avtomatlashgan) diqqat turi
bo‘lib, ushbu tushuncha psixologiya faniga N.F.Dobrinin tomonidan
kiritilgan.
Ixtiyoriydan so‘nggi diqqat biror obyektga uzoq muddat qaratilishi
bilan belgilanib, bunda hech qanday sezilarli irodaviy kuch-g‘ayrat
sarflanmasa ham bo‘ladi. Insonning yuqori darajadagi jadal va unumli
aqliy faoliyatini hamda barcha turdagi mehnatning yuqori, samarali
ko‘rsatkichi diqqatning shu turi bilan bog‘liq bo‘ladi.
215
Psixologiyada diqqatning barqarorligi, o‘zgaruvchanligi, ko‘chuv-
chanligi, bo‘linishi, taqsimlanishi, ko‘lami kabi xususiyatlari haqida
mulohazalar yuritiladi.
Diqqatning