217
− mantiqiy urg‘uga e’tibor berish;
− mantiqiy nuqsonni topish.
Sezgi
oddiy psixik bilish jarayoni bo‘lib, moddiy qo‘zg‘a tuv-
chilarning muayyan retseptorlarga bevosita ta’sir etishi orqali real
olamdagi narsa va hodisalarning ayrim xususiyatlarini va shuning bilan
birga, inson organizmi (uning a’zolari)ning ichki holatlarini alohida-
alohida aks ettirishdan iborat bilishning dastlabki bosqichidir. Inson
atrof-muhitdagi moddalar shaklini, harakatlar ko‘rinishini, ularning
xossalarini o‘ziga xos xususiyatlarini sezgi a’zolari yordamida,
sezgilar
orqali biladi, xolos.
Psixologiyada sezgilarning fiziologik asosi va mexanizmlarini
analizatorlar ta’siri natijasida yuzaga keluvchi asab (nerv) jarayoni,
uning tizimi, tuzilishi tashkil qiladi. Fiziolog va psixologlarning
ta’limotlariga ko‘ra, analizator uchta tarkibiy qismlardan iborat:
1) tashqi kuch-quvvatni (energiyani) asab (nerv) jarayoniga
aylantirib beruvchi periferiya qismdan, ya’ni retseptordan;
2) analizatorlarning periferiya
qismini markaziy qism bilan
bog‘lovchi afferent (markazga intiluvchi asab tolasi), o‘tkazuvchi
asab yo‘llaridan;
3) periferiya qismlaridan keluvchi nerv impuls (harakat)lariga
qayta ishlanuvchi analizatorlarning miya po‘stidagi qismlar.
Periferik nervlarning uchlari (ko‘z, quloq,
teri va burun kabilar),
ta’sirotni eltuvchi (afferent), javob qaytaruvchi (efferent) nerv tolalari,
analizatorlarning orqa va bosh miya markazlari analizatorini tashkil
qiladi.
Ch.Sherrington sezgilarni
Dostları ilə paylaş: