305
konformlilik yoki ta’sirlanishning manbaiga aylanib qoladi.
Ularning
fikrlari, xatti-harakatlari go‘yoki boshqalar uchun etalonday ibratli
bo‘lib, ular bu nufuzlarini saqlash uchun o‘sha guruhning hayotida
o‘z mavqelarini yo‘qotmaslikka harakat qiladilar. Bunday shaxslarni
tavsiflash uchun psixologiyada “Lider” tushunchasi ishlatiladi.
Demak, lider guruhning shunday a’zosiki, u go‘yoki barcha guruhiy
jarayonlarning boshida turadi va o‘z xulqi bilan o‘zgalarga ta’sir qila
oladi. G‘arb psixologiyasida
guruhning xoh rasmiy, xoh norasmiy
boshlig‘ini tavsiflash uchun lider tushunchasi ishlatilaveradi. Lekin
aslida bizning gushunchamizda guruhdagi
rasmiy munosabatlarni
mu vofiqlashtiruvchi, uning boshqa tashkilot va insonlar guruhi ol-
didagi vakolatini amalga oshiruvchi, ish berib, ishni nazorat qi luv chi
shaxs rahbar deb ataladi. Lider esa shunday shaxski, u o‘zi dagi ayrim
ijobiy va kuchli fazilatlari tufayli
kundalik muloqot va muomala
jarayonlarida obro‘ ortgirgan mavqeyi baland kishidir. U aslida rah-
barlikka da’vo qilmaydi, lekin yurish-turishlari ko‘pchilikka ma’ qul
bo‘lgani sababli, uni odamlar saylovlarda tanlashlari yoki rah barlikka
zaxira tanlashganda, aynan uning nomzodini qo‘yishlari mum kin.
Bir guruhda uning hajmi va katta kichikligiga qarab, odatda, bitta
rahbar va bir nechta lider bo‘lishi mumkin. Biri – jamoadagi mehnat
yoki o‘qish faoliyati maqsadlarini
hammadan ham aniq anglagani
uchun ishchan lider bo‘lishi, boshqasi – qarorlar qabul qilish va
mas’uliyatli vazifalarni yechish vaqtlarida hammaga aql o‘rgatadigan
intellektual lider, yana biri – turli vaziyatlarda
odamlar kayfiyatini
ko‘taruvchi, ularni ruhan qo‘llab-quvvatlashga usta emotsional lider
bo‘lishi mumkin. U yoki bu turli liderning mavjudligi o‘sha guruhdagi
real vaziyatlarga, guruhiy faoliyatning maqsadlariga bog‘liq.
Dostları ilə paylaş: