Liderlik nazariyalari va ularning ish uslublari. Har bir rahbarmi
yoki lidermi, uning o‘z ish uslublari va mehnatni tashkil etishga
qarashlari bo‘ladi. Ilmiy adabiyotda ushbu masala yuzasidan ko‘plab
qarashlar mavjud. Biz xorijda keng tarqalgan va ko‘plab shov-
shuvlarga sabab bo‘lgan bir nazariyaga to‘xtab o‘tmoqchimiz. Bu
Mak-Gregorning
Iks va Igrek nazariyalaridir. Nazariyaning mohiyati
u yoki bu liderning odamlarga ta’sir ko‘rsatish va ular mehnatini
tashkil etishdagi konsepsiyasini nazarda tutadi.
306
Iks nazariyasi inson tabiatiga ishonmaslik, uning loqaydligini
ta’kidlashga asoslanadi. Nazariyaning mohiyati shundaki, inson
tabiatan dangasa, tashabbussiz bo‘lib, uning o‘ziga qo‘yib berilsa,
hech bir foydali ish qilolmaydi, uni boshqarish, har bir ishini qat’iy
nazoratda ushlash kerak.
Unga qarama-qarshi o‘laroq, Igrek nazariyasi insondagi tashab-
buskorlik va mustaqil ishlashga moyillik, faollikni yoqlaydi. Shu
fikrni yoqlagan har bir lider odamlarga erkinlik berib, ularni jazolash
bilan qo‘rqitmaydi va qat’iy nazorat qilishdan o‘zini tiyadi.
Mak-Gregor nazariyasini rivojlantirib, yana bir olim Oushi (1981)
liderning odamlarga munosabatani tushuntiruvchi
Zet naza riyasini ilgari surdi. Unga ko‘ra, aslida odamlarda faollik bi lan ishlashga
ishtiyoq bor. Lekin agar ularning faoliyati samarali bosh qarilmasa,
natija baribir yaxshi bo‘lmaydi. Shuning uchun rahbar odamlarni
hamkorlikda ishlashga unday olishi, ularga ishonch bildirishi va
jamoa bo‘lib ishlashga o‘rgata olishi kerak.
Yuqorida nazariyalar ta’sirida liderlikning turli xil uslublari
to‘g‘risidagi qarashlar paydo bo‘ldi:
Avtoritar lider. Ba’zan bu uslubni «avtokratik» ham deb atashadi.
Chunki bunday lider doimo o‘z irodasiga ko‘pchilikni bo‘ysundira
oladi. Barcha mas’uliyatli qarorlar faqat u tomonidan qabul qilinadi
va uning bajarilishini o‘zi shaxsan nazorat qiladi, kerak bo‘lsa,
xodimlarni qattiq jazolaydi. Odamlar bunday liderdan borgan sari
uzoqlashib boraveradilar.