Mustaqil ta’lim uchun mavzular 1. Muloqot inson hayoti tutgan o‘rni va uning salomatligiga ta’siri. 2. Noberval muloqot va uning samarali insoniy munosabatlarni tashkil etishdagi ahamiyati. 3. Ishbilarmonlik muloqotining samarali ta’sir vositalari. 4. Ijtimoiy psixologik trening nima va unga qanday talablar qo‘yiladi? 5. Shaxsda liderlik qobiliyatlarini shakllantirish va rivojlantirish masalalari. 6. Zamonaviy boshqaruv psixologiyasi masalalari. 7. Jamoada psixologik moslashuvchanlik va muvozanatni baholash mezonlari. 310
GLOSSARIY (Psixologiya bo‘yicha) Avtoritar usul – bunda shaxslararo teng huquqlilik, erkin xatti-
harakat qilish, tashabbuskorlik o‘z ahamiyatini yo‘qotadi.
Adaptatsiya – (lot. «adapto» – moslanmoq) – sezgi a’zolari, ya’ni
a’zolari (analizatorlar)ning taassurot kuchiga moslashuvi natijasida
muayyan sezgirlikning o‘zgarishidan iborat bo‘lgan holatdir.
Adaptatsiya hodisasida sezgirlik ortishi yoki kamayishi mumkin.
Antipatsiya –
(lot. «anticipatio» – oldindan sezish, payqash, oldindan idrok qilish, hodisa mohiyatini ochishdagi topqirlik) inson
tomonidan faoliyat maqsadini ro‘yobga chiqarish rejasini va modelini
yaratishda ifodalanadi.
Appersepsiya – idrok jarayonini shaxsning oldingi bilimlari,
shaxsiy va ijtimoiy tajribalari, qiziqishlari, motivatsiyasi, ehtiyojlari
va odatlari, umuman, ruhiy hayotning barcha mazmuni bilan
belgilanishidir.
Aralashtirib yuborish – shaxs xavotiriga sabab bo‘lgan obyektga
nisbatan yuzaga keluvchi hisslarni boshqa obyektga yo‘naltirilishini
ifodalovchi himoya mexanizmi.
Attraksiya – insonni (o‘zi bilan o‘zga o‘rtasidagi munosabatda
namoyon bo‘ladigan) o‘ziga mahliyo qilish, qalbni «jiz» ettiradigan,
ongsizlikka taalluqli insonni inson tomonidan idrok qilish hodisasi
bo‘lib, bu hodisa bir qancha manbalar, qo‘zg‘atuvchilar, motivlar
ta’sirida vujudga keladi.
Affekt – (
hissiy portlash, jazava ) kishini tez chulg‘ab oladigan
va shiddat bilan o‘tib ketadigan holat bo‘lib
, ular ongning anchagina
darajada o‘zgarganligi, xatti-harakatlarni nazorat qilishning buzilgan-
ligi, odamning o‘zini o‘zi idrok qila olmasligi, shuningdek uning
butun hayoti va faoliyati o‘zgarib qolganligi bilan ajralib turadi.