Refleksiya – kishining idrok etish subyekti sifatida o‘ziga nisbatan
sherigining munosabatini anglab yetishidir.
318
Ruhlanish –
muayyan maqsadga, faoliyatga katta kuch va istak
bilan intilishdan iborat bo‘lgan holat.
Salomatlik psixologiyasi – psixogigiena va psixoprofilaktika,
turmush darajasining infratuzilmasini oshirish masalalari bilan
shug‘ullanadi.
Samotizatsiya – qiyin vaziyatdan chiqib ketish uchun o‘zini
bemor sifatida ko‘rsatish, yoki sog‘ligi yomonligi bilan fiksatsiya
qilish tushuniladi.
Sezgi – oddiy psixik bilish jarayoni bo‘lib, moddiy qo‘zg‘a-
tuvchilarning muayyan retseptorlarga bevosita ta’sir etishi orqali real
olamdagi narsa va hodisalarning ayrim xususiyatlarini va shuning
bilan birga, inson organizmining (uning a’zolarining) ichki holatlarini
alohida-alohida aks ettirishdan iborat bilishning dastlabki bosqichidir.
Senzitivlik – (lot. «sensus» – sezish, his qilish) – insonda bironta
psixik reaksiyani hosil qilish uchun zarur bo‘lgan o‘ta kuchsiz tashqi
taassurot kuchiga qarab mulohaza yuritiladi jumladan, sezgilarning
paydo bo‘lishi uchun qo‘zg‘ovchining ozgina kuchi (ularning
quyi chegarasi), ehtiyojlar qondirilmasligining sezilar-sezilmas
darajasining (shaxsga ruhiy azob beruvchi) mujassamlashishi
tushuniladi.
Sensibilizatsiya – analizatorlarning o‘zaro munosabati va mashq
qilish natijasida sezgirlikning kuchayishi.
Sinesteziya – (yunon. «sinesteziya» – birgalikda sezish) qo‘zg‘atuvchining birin-ketin analizatorga ta’siri bilan analizatorlarga
xos sezgining paydo bo‘lishi.
Sotsiogenetik konsepsiya – shaxs taraqqiyotini uning atrofidagi
ijtimoiy muhitga bog‘lab tushuntiradi. Bunga ko‘ra, «odam ijtimoiy
muhit nusxasidir».